Ikki qarg‘a daraxt shoxida o‘tirishgandi. Tepalaridan harbiy samolyot uchib o‘tdi. Biri ikkinchisidan so‘radi:
— Anavi qushcha namuncha tez uchadi?
— Seniyam dumingni yoqib yuborishsa, ko‘rardim qanday uchishingni!
|
Afandi yangi mashina sotib olibdi.Xudoga shukur desa yurarkan,e Xudo o`zing asragin desa to`xtarkan. O`sha
kuni tez yurib ketayotsa oldidan kotta jarlik chiqib qopti, qo`rqib
ketganidan e Xudo o`zing asragin debdi. Yaxshiyam tushirvormadin e Xudo
o`zinga shukur dib tushib ketibdi jarlikka.
|
— Amaki, menga surnay sovg‘a qilganingiz uchun katta rahmat!
— Bolakay, rahmating nimasi? Bor yo‘g‘i yuz so‘mgina turadi o‘sha surnay.
— Lekin har kuni oyim bilan dadam menga kech tushdi deguncha ming so‘mdan pul beradigan bo‘lishdi.
|
Travmatologiya bo‘limi palatasida ikki bemor suhbatlashayapti:
— Qaerda halokatga yo‘liqdingiz?
— Garajga urilib ketdim.
— Shunaqami? Unda mashinangiz pachoq bo‘lib ketgandir?
— Yo‘q, uyga piyoda qaytayotgandim.
|
Er tanishlariga maqtandi:
— Men uyda shunday tartib o‘rnatdimki, gap yo‘q! Masalan, xotinimga tayinlaganman: tushlik roppa-rosa soat o‘n uchdan o‘n uch daqiqa o‘tganda tayyor bo‘lishi kerak. Agar bir daqiqa kechiksam, tamom, tushliksiz qolaman.
|
Erkak ichkari uydan hovliga chiqqandi, qo‘shni ayol devor ortidan turib qichqirdi:
— Hoy Boltavoy aka, itingiz yana tovuqlarimni quvibdi!
Erkak esnay-esnay javob qildi:
— Itim aybdor emas. Tovuqlarni bog‘lab qo‘yish kerak-da!
J J J
— Men ahmoq bo‘lmasam, sizga tegarmidim?!
— Qara-ya, men shu qadar o‘zim bilan o‘zim ovora bo‘lgan ekanmanki, ahmoqligingni payqamabman-a!
|
Ikkita o`rtaq yo`lda ko`rishib qolishipti. Bittasi qolida butilka ko`tarvoganakan. O`rtag`i sorapti: - Ha, oshna, magazinga butilka topshirgani ketyapsanmi? - Yo`gey, xotinim bilan uruship qoldim, bor-yo`g`ini olgin-u, sur battan! - deb haydab chiqardi...
|
Доктор: - Бемор ўлиб қолибди. Бемор: - Қандай қилиб, ахир мен тирикман-ку... Беморнинг хотини: - Жим бўл, нима, сен доктордан ҳам яхши биласанми? * * * Бир микроб бошқа микробни учратиб қолиб: - Мазанг йўқ кўринади, нима бўлди? - деб сўради. - Менга яқинлаша кўрма, менга пенициллин теккан, - деб жавоб берди униси.
|
|