21:06:49 ХАЖВИЯ | |
Erkak ichkari uydan hovliga chiqqandi, qo‘shni ayol devor ortidan turib qichqirdi: — Hoy Boltavoy aka, itingiz yana tovuqlarimni quvibdi! Erkak esnay-esnay javob qildi: — Itim aybdor emas. Tovuqlarni bog‘lab qo‘yish kerak-da! J J J — Men ahmoq bo‘lmasam, sizga tegarmidim?! — Qara-ya, men shu qadar o‘zim bilan o‘zim ovora bo‘lgan ekanmanki, ahmoqligingni payqamabman-a! J J J Er xotiniga dedi: — Xotin, pul — bu qayg‘u degani. Shunday ekan, men shunday ajoyib oilamni qayg‘uga ko‘mishni sirayam xohlamayman. J J J — Og‘ayni, xotiningni qarta o‘ynashga o‘rgatganmishsan. Rostmi? — Rost. Lekin uni qarta o‘ynashga o‘rgatib, juda zo‘r ish qildim. — Nega? — Kecha maoshimning yarmini yutib oldim. J J J Er xotinidan so‘radi: — Bunday uzundan-uzun xatni kim yozibdi senga? — Shahardagi dugonam. — Nima deb yozibdi o‘zi? — “Hammasini uchrashganimizda gapirib beraman”, debdi. J J J — Azizam, meni sevasanmi? — Ha. — Men o‘lib qolsam, yig‘laysanmi? — Ha. — Qani, qanday yig‘laysan? Ko‘rsat-chi! — Men o‘lganlarga yig‘layman!.. J J J Er: — Jonim, xohlaysanmi senga osmondagi yulduzni olib beraman? — Hech qanaqangi yulduz kerak emas. Bugun uyda o‘tirasiz! J J J — Dugonajon, ikkinchi marta turmushga chiqqanmishsan? — Ha. Lekin qo‘rqaman. — Nimadan? — U mendan ancha yosh. — Qo‘yaver, sen bilan bir-ikki yil yashasa, qariydi qoladi. J J J Er uyda yuziga gazetani to‘g‘rilab olgancha, o‘zini xuddi mutolaa qilayotgandek tutardi. Xotini yaqin kelib dedi: — Bilaman, gaplarimga diqqat bilan quloq solayapsiz. Ana, tizzalaringizning qaltirashidan bildim! | |
|
Всего комментариев: 1 | |
|