Главная » 2009 Iyun 7 » ЛАТИФА
15:26:11 ЛАТИФА | |
— Men uyda shunday tartib o‘rnatdimki, gap yo‘q! Masalan, xotinimga tayinlaganman: tushlik roppa-rosa soat o‘n uchdan o‘n uch daqiqa o‘tganda tayyor bo‘lishi kerak. Agar bir daqiqa kechiksam, tamom, tushliksiz qolaman. J J J — Og‘ayni, tabriklayman! Xotining bilan yarashibsan! — Qaerdan bilding? — Kecha qarasam, hovlida birgalashib o‘tin arralayotgan ekansizlar! — Ahmoq, biz uydagi jihozlarni bo‘lishayotgandik. J J J — Sen uyqungda gapirasanmi? — Yo‘q, o‘zing-chi? — Gapiraman. Busiz sira ilojim yo‘q. — Nega? — Chunki, o‘z uyimda gapirib olishim uchun mana shu yagona imkoniyat, do‘stim! J J J — Azizim, biz ostida turib tanishgan chinor yodingizdami? — Keksa chinormi? — Ha. — O‘sha chaqmoq tegib yonib ketibdi. — Ajab bo‘pti! Unga buyam kam! J J J Xotin eriga dedi: — Ilgari yonimda bir daqiqagina o‘tirsangiz ham, sizdan baxtli odam bo‘lmasdi! — Hozir ham shunday! J J J Ikki tanish suhbatidan: — Xotiningga uy ishlarida yordam berasanmi? — Bu nima deganing? Uy ishlarining hammasini o‘zim bajaraman. J J J Er xotiniga dedi: — Sen sadaqa bergan o‘sha gadoy o‘zini so‘qirlikka solgani yo‘q. Rostdan ham ko‘zlari ko‘rmaydi. — Qaerdan bila qoldingiz? — Sadaqa berganingda: “Rahmat, sohibjamol!” dedi-ku! J J J Xotin militsiyaga borib, eri uch kundan beri uyga kelmaganini aytdi. Militsioner undan so‘radi: — Asosiy belgilari qanaqa? — Hozircha asosiy belgilari yo‘q. Lekin qaytsin, albatta, bo‘ladi. J J J O‘g‘il: — Dada, menga ikki ming so‘m bering! Qiz: — Menga ming so‘m! Xotin: — Menga esa besh ming so‘m bering! Er: — Nima bo‘ldi? Nega hammalaring baravariga pul so‘rab qoldilaring? Xotin: — Voy, unutdingizmi? Bugun tug‘ilgan kuningiz-ku! | |
|
Всего комментариев: 0 | |