Главная » 2009 » Iyul » 13 » Л А Т И Ф А
10:36:07
Л А Т И Ф А
Afandi yangi mashina sotib olibdi.Xudoga shukur desa yurarkan,e Xudo o`zing asragin desa to`xtarkan.

O`sha kuni tez yurib ketayotsa oldidan kotta jarlik chiqib qopti, qo`rqib ketganidan e Xudo o`zing asragin debdi. Yaxshiyam tushirvormadin e Xudo o`zinga shukur dib tushib ketibdi jarlikka.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Bir kuni chol kampir o'tirib zerikib ketishibdi so'ng chol kampiriga qarab

-Kel bir yoshlikni eslab xuddi o'sha paytlarde uchrashuvga chiqamiz debdi bunga kampir rozi bo'libdi.Shunda chol men seni ko'chada kutib turaman deb tashqariga chiqib ketibdi. Chol ko'chada rosa kutibdi lekin kampiri chiqmabdi shunda uyga kirib nega chiqmading deb savol bersa
Kampir:
-dadam ruxsat bermadila deb jovob beribdi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Bir odam do'stlariga maqtab:
- Dunyo, mamlakatlarni ko'pini ko'rganligini aytib maqtansa.

Boshqa bir odam unga:
- Jug'rofiyani yaxshi bilar ekansiz,- debdi.U odam esa yo'q faqat o'sha yerga bormadim, ammo borishimga oz qoldi....!

-------------------------------------------------------------------------------------------

Ustoz o'quvchilarga debdi.
- Kim jannatga borgisi kelsa qo'lini ko'tarsin!

Xamma ko'taripti faqat Abbos ko'tarmapti...
O'qituvchi so'rapti:
- San jannatga borishni xoxlamaysanmi?
Abbos:
- Yo'q ustoz, oyim darsdan keyin to'g'ri uyga kelgin deganlar.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Uchinchi sinf o’quvchisidan so’rashyapti:
-Ikkiga ikkini ko'paytirsa necha bo’ladi?

-Sakkiz.
-O’nga to’rtni qo’shsa-chi?
-Yigirma ikki.
-Otang kim bo’lib ishlaydi?
-Ofisiant bo’lib.
-G’alatiroq sanashingga hayron bo’lgandim, o’zi

-------------------------------------------------------------------------------------------

Boltavoy onasidan so'radi:
-Oyi,risqimizni Xudo beradi-a?!

— Ha, o'g'lim!
— Chaqaloqlarni laylak olib keladi-a?!
— To'g'ri!
— Yangi yilda sovg'ani Qorbobo olib keladi-a?!
— Xuddi shunday!
— Unda dadamiz nimaga kerak?! Haydab yuboraylik!!!

-------------------------------------------------------------------------------------------

Marshrutkada. Yo’lovchi:
- Qizil mersedesning

yonida to'htatib yuboring, iltimos!
Haydovchi:
-Qizil Mersedes ketaypti, yetib olaymi?

-------------------------------------------------------------------------------------------

- Meni sevasanmi?
- Ha.

- O’lib qolsam, yig’laysanmi?
- Ha.
- Qanday yig’lashingni ko’rsat.
- Avval o’l.

-------------------------------------------------------------------------------------------

-Yaxshi qiz, raqsga tushyapsizmi?

-Ha.
-Hudoga shukur! To'k uribtimi, deb o’ylabman.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Yetilib turgan mevalarni ko’rgan bolakay:

- Ularni yesa bo’ladimi? – deb so’radi.
- Sen uzib ko’r. Agar oynadan qarab turgan ayol baqirishni boshlasa, demak yesa bo’ladi, - deb javob beribdi akasi.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Ota-bola baliq oviga chiqishbdi. Bir soat o’tirishibdi, ikki soat, baliq tutilmasmish.

-O’g’lim, o’sha yerda pishloq bo’lishi kerak, uzatib yubor. Balki, unga tutilar.
-Dada, men uni yeb qo’ydim.
-Ha, mayli, o’glim.
Yana o’tirishibdi. Hech ilinmabdi.
-Oying buterbrod tayyorlagan edi, buyoqqa ber. Balki, noniga qiziqar.
-Dada, men buterbrodlarni yeb qo’ydim.
-Mayli, o’g’lim.
Yana bir necha soat o’tirishibdi. Yomg’ir yog’a boshlabdi. Ota o’gliga dermish:
-Mayli, o’glim, chuvalchanglarni ham yeginda, uyga qaytamiz.

------------------------------------------------------------------------------------------

Категория: Hajviya / Юмор | Просмотров: 1426 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: