Главная » 2009 Iyun 25 » KULING UMRINGIZ UZAYADI!!!!
13:10:17 KULING UMRINGIZ UZAYADI!!!! | |
— Qaerda halokatga yo‘liqdingiz? — Garajga urilib ketdim. — Shunaqami? Unda mashinangiz pachoq bo‘lib ketgandir? — Yo‘q, uyga piyoda qaytayotgandim. J J J — Nega quyonni otdingiz? Siz ovchilar jamiyatiga a’zo emasdingiz-ku! — Nimaga tomorqamdagi karamlarni payhon qiladi? U ham mening oilamga a’zo emasdi. J J J Erkak do‘stiga maqtanayapti: — Frantsiyada bo‘ldim. Ishonasanmi, mehmonxonada yotib tugmachani bossang, ayol kirib keladi. — Picha dam olibsan-da?! — Nega picha bo‘larkan? Men uni o‘zim bilan olib keldim. — Ayolni-ya? — Yo‘q, tugmachani. J J J — Hozirgi yoshlarni qarang: sochlari kesilgan, kalta yubkalarda yurishadi. Yigit bilan qizni farqlab bo‘lmay qoldi. Ana, anavi nusxaga qarang! — Kechirasiz, u mening qizim! — Ie, shunaqami? Uzr, siz uning otasi ekaningizni bilmabman. — Nima? Men otasimas, onasiman! J J J — Yuzingga nima qildi? — Pashsha chaqdi. — Bitta pashsha shunchalik yomon chaqdimi? — O‘lishidan oldin sheriklarini ham yordamga chaqirib yubordi-da! J J J Muxbir qariyadan so‘radi: — Siz ob-havoning yaxshi-yomonligini qanday bilasiz? — Daryoning narigi sohilini ko‘rayapsanmi? — Ko‘rayapman. — Men ham ko‘rayotgan bo‘lsam, demak, yaqin orada yomg‘ir yog‘ishi kerak. — Ko‘rmayotgan bo‘lsangiz-chi? — Yomg‘ir allaqachon boshlangan bo‘ladi. J J J Erkak yangi yil kechasi qo‘liga miltig‘ini olib, ko‘chaga chiqdi va bir marta o‘q uzgach, ichkariga kirib bolalariga dedi: — Bolalar, men hozirgina bilmasdan qorboboni otib qo‘ydim! J J J Ikki tanish uchrashib qolishdi. — Nega xomushsan? — Uyimdagi suvaraklar qo‘shnining suvaraklariga urush e’lon qilishdi. — Unda xursand bo‘lishing kerak. Bir-birini o‘ldirib yuborishadi. — Yo‘q, ular yuzta suvarakni asir qilib, menikiga olib kelishdi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |