Главная » 2009 Iyun 17 » LATIFA
10:53:11 LATIFA | |
— Yana ovqat tayyor emasmi? Men itday ochman! Bo‘ldi, r estoranga ketdim! — Voy, besh daqiqa sabr qilib turing! — Nima, besh daqiqada ovqatni tayyor qilishga ulgurarmiding? — Yo‘q, kiyinishga ulguraman. J J J Vrach bemorga dedi: — Sizga ichish, chekish, begona ayollar bilan munosabatda bo‘lish taqiqlanadi. Bemor o‘zicha o‘yladi: «Xotinim qurmag‘ur shu yergayam kelib ketdimi deyman?» J J J O‘ttiz yil uchrashmagan ikki tanish ko‘rishib qolishdi. Biri o‘n olti farzandli bo‘lgan. Narigisi undan so‘radi: — Xotining bilan ahil yashayapsan, shekilli, a? — Bu nima deganing? Men xotinimdan olovdan qo‘rqqanday qo‘rqaman. — Nega unda bolani ko‘paytirib yubording? — Xotinim o‘qlov olib yugurganda ularning orasiga berkinib olish osonroq. J J J Xizmat safaridan qaytgan er xotiniga dedi: — Men nikoh uzugimni yo‘qotib qo‘ydim. — Qanaqasiga? Qanday qilib uni yo‘qotish mumkin? — O‘zing aybdorsan! Men senga bir yildan beri cho‘ntagim teshilib qolibdi, deyman. Sen e’tibor qilmaysan! J J J — Dugonajon, ering bilan yarashmoqchi emishsanmi? Nima, ajrashganlaringdan keyin yaxshi tomonga o‘zgaribdimi? — Ha, ilgari oddiy xodim edi, hozir zavodga direktor bo‘libdi. J J J Tug‘ruqxonada. Hadeganda xotinining ko‘zi yorimayotgan er o‘zicha g‘udranayapti: — Doim kuttirgani-kuttirgan. To‘qqiz oyda dedimi, nega tug‘a qolmaydi? Bir soatdan beri kutib o‘tiribman-a! J J J — Qo‘shnijon, erimdan xavotirdaman. Mushuk kosadagi qaymoqni yeb qo‘ygan ekan, daryoning eng chuqur joyiga cho‘ktirish uchun olib ketgandi. Haliyam qaytmadi. — Nega xavotir olasiz? Qaytadi. — Voy, nega xavotir olmay? Mushukning qaytganiga bir soatdan oshdi axir! J J J Ikki tanish suhbatidan: — Nima qilishni bilmay qoldim. Pullarimni qaerga berkitmay, xotinim, baribir, topib olaveradi. — Meniki bo‘lsa, topa olmaydi. To‘yimizdan beri pul yashirgan joyimga qarab ham qo‘ymagan. — Qaerga yashirasan? — Yirtiq paypoqlarim orasiga. J J J — Dadasi, olib kelgan qushingiz juda chiroyli sayrarkanmi? — Albatta. Chunki uning hech kimdan qarzi yo‘q, tishi og‘rimaydi va, eng asosiysi, uylanmagan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |