— Amaki, menga surnay sovg‘a qilganingiz uchun katta rahmat!
— Bolakay, rahmating nimasi? Bor yo‘g‘i yuz so‘mgina turadi o‘sha surnay.
— Lekin har kuni oyim bilan dadam menga kech tushdi deguncha ming so‘mdan pul beradigan bo‘lishdi.
— Nega?
— Surnayni chalmasligim uchun.
J J J
— Xo‘sh, hurmatli talabalar! Imtihonni boshlaymiz. Savollar bormi?
Orqa partadan kimdir luqma tashladi:
— O‘zi qaysi fandan imtihon topshiramiz?
J J J
Gruzindan so‘rashdi:
— Sevimli qushing qaysi?
— Burgut.
— Tog‘da yashagani uchun yaxshi ko‘rasanmi?
— Yo‘q, uning burni chiroyli.
J J J
Gruzinga tug‘ruqxonadan qo‘ng‘iroq qilishdi:
— Siz qizli bo‘ldingiz!
— Nima? Sizlarga yuqoridan qo‘ng‘iroq qilib qo‘yishmaganmidi?
J J J
— Dada, tosh asri nima?
— U paytda hamma narsani toshdan yasashgan.
— Televizorlarni hammi?
J J J
Bolakayning ota-onasi ajrashayapti. Sudya undan so‘radi:
— Bolakay, kim bilan qolishni istaysan? Dadang bilanmi, oying bilanmi?
— Kompyuter kimda qolsa, o‘sha bilan qolaman.
J J J
— Dada, meni anavi Toshmat do‘pposladi!
— Sen ham javob qaytarmadingmi?
— U do‘pposlaguncha javobni qaytarib bo‘lgandim.
J J J
Olti yashar bola gazli suv ichgisi kelib sotuvchiga pul uzatdi. Suvni ichib bo‘lgach, sotuvchi undan so‘radi:
— Chanqog‘ing qondimi?
— Ha.
— Endi nima deyish kerak?
— Qaytimi qani?
J J J
Boyvuchcha besh yashar qizchasini urishayapti.
Qizcha:
— Oyi, meni urishmang! Men juda yaxshi qizman.
— Nega bunday deb o‘ylaysan?
— Mana, o‘zingiz o‘ylang. Har oyda xizmatkor ishlatasizlar. Ular sizlar bilan bir oydan ortiq yashay olmaydi. Men bo‘lsam, besh yildan beri birga yashayapman-ku
|