Inson shaklu shamoyilida sir bisyor. Katta hayot yo`lini bosib o`tgan buyuk allomalar Arastu, Aflotun, Buzurgmehr, Dunasariy, Luqmou hakimlar bu haqda ko`p yozib qoldirganlar. Mana, tanishing, o`qing ko`ring va siz ham donishmandlar yo`lini tuting: qiyoslang, taqqoslab ko`ring, o`zingiz uchun xulosalar chiqarib oling, lekin oshkora aytishga biroz shoshilmang. Demak suvratdan siyratga… • Ko`z ravshan bo`lsa, qalbning oqligi, xush-xurramligi belgisidir.
- Ko`z ravshan bo`lsa, qalbning oqligi, xush-xurramligi belgisidir.
- Ko`z telbanoma bo`lsa, axmoq va befahmligidan nishonadir.
- Ko`z kichik bo`lsa, ojizlik va g`am- anduhga botganligidan belgidir.
- Ko`z harakatsiz xira bo`lsa, ablahlikning dalilidir.
- Ko`z yoshli bo`lsa, yaxshilikka moyilligidan belgidir.
- Ko`z quruq bo`lsa, kishi toshyurak, beaql, fahmsiz va sharmsiz bo`ladi.
- Ko`z katta va xira bo`lsa, uyatsiz va zinokor bo`ladi.
- Ko`z tim qora bo`lsa, badgumon va qo`rqoqlikdan belgidir.
- Ko`z beharakat bo`lsa, zaif, johil va tanbaldir.
- Ko`z alanglab tursa, zino va shahvatparastlikdan belgidir.
- Ko`z xas tushganday qimirlab tursa, bu kishi zinoyu lazzatga berilgan, shahvatparast bo`ladi.
- Ko`z moviy-sag`ish va yoshsiz bo`lsa, unday kishi yomonlik va qabihlikka odat qilgan bo`ladi.
- Ko`z yoshlanmaydigan va benur bo`lsa, unday kishi odamlar qonini to`kishga shay bo`ladi.
- Ko`z o`ynab turguvchi, kichik bo`lsa, hiylagar va itfe`l bo`ladi.
- Ko`zning oq va qorasi barobar bo`lsa, u vafoli, rostgo`y va yaxshilik qilguvchidir.
- Agar ko`zning hech shu`lasi, jilosi bo`lmasa, unday kishi odamlar baxtsizligidan shodlanadi, ular shon-shavkatning zavol topishini istaguvchi kishilardir.
- Kimning ko`zi uzoqni juda yaxshi ko`rsa, uning achchig`I tez chiqadi. Kimki kulganda ko`zidan yosh yiltillasa, u yaxshi xulq-atvor egasidir.
- Kimki ko`zini tez-tez yumib-ochsa, u sodiq do`st va yomon ishlardan xoli kishidir.
- Kimki ko`zini ohista yumib ochaversa, xiyonatchi, bevafo, ahdini buzadigandir.
- Kimning ko`zi juft o`tkir bo`lsa, u oilaparvar, ammo molga o`ch bo`ladi.
- Kichik tor ko`z oldiga turtib chiqqan bo`lsa, ziyrak, qabih so`zlik bo`ladi.
- Ko`z tor bo`lsa, kishining badfe`l va zinokorligidan dalolat beradi.
- Ko`z kichik va xira bo`lsa, ochko`z va molparast bo`ladi.
|