Главная » 2009 Aprel 16 » Muchalning kelib chiqish tarixi
09:56:06 Muchalning kelib chiqish tarixi | |
Xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda o‘n ikki hayvon suvdan o‘tdi. O‘n ikki yilni ana shu o‘n ikki hayvon ismi bilan atadilar. Eng oldin suvdan o‘tgan hayvon sichqon bo‘ldi. Shuning uchun yil boshi uning nomi bilan ataldi, shu so‘zga yil qo‘shib, sichqon yili deb atadilar. Undan keyin o‘tganlari quyidagi tartibda bo‘ldi: ud (sigir) yili, bars (yo‘lbars) yili, tovushqon (quyon) yili, nak (timsoh, hozir baliq deyiladi) yili, yilon (ilon) yili, yund (ot) yili, qo‘y yili, bijin (maymun) yili, taqag‘u (tovuq) yili, it yili, to‘ng‘iz yili. To‘ng‘izga yetgandan keyin hisob yana sichqon yilidan boshlanadi... Turklar bu yillarning hap qaysisida biror hikmat bor, deb taxminlaydilar. Masalan, ularcha sigir yili bo‘lsa, urush ko‘p bo‘ladi, chunki sigir bir-biri bilan suzishadigan hayvon. Tovuq yili kirsa, oziq-ovqat ko‘payadi, lekin odamlarda tashvish ortadi. Chunki tovuqning ovqati don bo‘lib, uni topib yeyish uchun narsalarni titib yuradi. Timsoh (baliq) yili kirsa, yog‘ingarchilik va hosil ko‘p bo‘ladi, chunki u suvda yashaydi. To‘ng‘iz yili kirsa, sovuq, qor va fitna ko‘p bo‘ladi. Shunga o‘xshash har yilga biror taxmin yuritadilar". | |
|
Всего комментариев: 3 | |
|