Главная » 2009 » Iyul » 8 » TURMUSH O‘RTOG‘INGIZ ASLIDA QANDAY?
10:54:27
TURMUSH O‘RTOG‘INGIZ ASLIDA QANDAY?

Ko‘pchilik ayollar yostiqdoshi bilan bir umr birga yashaydi-yu, ammo hanuz uning qanday odamligini, oilaviy hayotidan minnatdormi-yo‘qmi, ayoliga qanday munosabatda ekanini bila olmay halak bo‘lishadi. Quyidagi test ana shu muammoni hal etishda ko‘mak beradi.




1. U ertalablari uyqudan zo‘rg‘a uyg‘onadi. Shunda o‘zini qanday tutadi?

a) doimo kayfiyati buzilgan bo‘ladi (3 ball)

b) quvnoq kayfiyatda uyg‘onadi (1 ball)

v) kechqurun qanday kayfiyatda uyquga yotganiga bog‘liq (2 ball)


2. Bir-biringiz bilan qattiqroq gaplashib qo‘ydingiz. Shundan so‘ng xayolingizdan nimalar kechadi?

a) bunday lahzalarda o‘ylashga sira toqatim bo‘lmaydi (1 ball)

b) miyam dam oladi (2 ball)

v) muammo yana hal bo‘lmay qoldi, deb o‘ylayman (3 ball)


3. Eringiz, majoziy ma’noda aytganda, qaysi jonivorni eslatadi?

a) oqqushga o‘xshaydi (1 ball)

b) daydi mushukka (3 ball)

v) quturgan buqaga o‘xshaydi (2 ball)


4. Uning fikricha, siz xatoga yo‘l qo‘ydingiz. Qanday munosabat bildiradi?

a) sukutga toladi (2 ball)

b) ichida nima bo‘lsa, hammasini gapirib oladi (1 ball)

v) yonimizda begonalar bo‘lsa ham, xatomni tuzatishga kirishib ketadi (3 ball)


5. U birdaniga siz bilan birga qandaydir ishni amalga oshirishni istab qoldi. Vaholanki, ilgari bunday odati yo‘q edi. Siz birgalikda qanday ishni amalga oshirishni xohlardingiz?

a) parashyutdan sakrashni (3 ball)

b) havo sharida uchishni (1 ball)

v) tomdan qo‘l ushlashib sakrashni (2 ball)


6. Unga turmushga chiqishingizga nima sabab bo‘lgan?

a) majbur bo‘lib qolganim (1 ball)

b) kuchli muhabbat (3 ball)

v) unga to‘liq ishonganim (2 ball)


7. U sizni begona erkak bilan ko‘rib qolsa, nima qiladi?

a) sekin yaqin kelib, muloyimlik bilan o‘zini tanishtiradi (1 ball)

b) janjal ko‘taradi (3 ball)

v) mening tushuntirib berishimni kuta boshlaydi (2 ball)


NATIJALAR:

7-11 ball. Sizni u qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha qabul qiladi. Qiyin paytlarda u sizdan hech qanday sir yashirmaydi.

12-16 ball. Orangizda tez-tez kelishmovchiliklar bo‘lib turadi. Ammo bundan qo‘rqish kerak emas. Sizlar, baribir, bir-biringizni hurmat qilasiz.

17-21 ball. Qachon og‘ir vaziyatga tushib qolsangiz, u hamisha yoningizda bo‘ladi. Ammo bilasiz: u sizni tez-tez qayta tarbiyalash harakatida bo‘ladi.

Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 2200 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 4.0/2
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: