Главная » 2009 » May » 16 » O'zingizga ishonasizmi?
09:43:57
O'zingizga ishonasizmi?
Qarshingizda barchaning xayoliga tez-tez keladigan fikrlar turibdi. Barcha punktlarni sinchiklab o‘qib chiqing-da, quyidagi beshta variant javobdan o‘zingizga ma’qulini tanlang.


SAVOLLAR:

1. Meni kelajak tashvishga soladi.

2. Adashmasam, meni xunuk, beso‘naqay deb hisoblashadi.

3. Menga yaqin kishilarning qo‘llab-quvvatlashi zarur.

4. Sizni qobiliyatli shaxs deb hisoblashadimi?

5. Ishda zo‘riqishlar bo‘lib turadimi?

6. Obro‘yingizga putur yetib turadimi?

7. Ishxonadagi hamkasblar sizdan qobiliyatliroqmi?

8. Sizningcha, boshqalar sizdan ko‘ra yaxshiroq tuyuladi, shundaymi?

9. Qay hollarda yangi tanishlar orttirishni yoqtirasiz?

10. Qay ishga qo‘l ursangiz, sira o‘xshamaydi.

11. Hayronsiz. Boshqalarga bemalol, xotirjam suhbatlar tashkil etish qanday nasib etaveradi?

12. Ishonuvchan bo‘lishni xush ko‘rasizmi?

13. Yaqinlaringiz sizni qattiq hurmatlashlarini istaysizmi?

14. Siz o‘zingizni “kichkina odam” deya hisoblaysiz.

15. Siz halollik tarafdorisiz.

16. Tanishlaringizning ko‘pchiligi sizni qadrlashmaydi.

17. Siz qalbingizni bemalol ocha oladigan suhbatdosh qidirasiz.

18. Atrofdagilar sizdan keragidan ortiq fazilatlar kutishadi.

19. Negadir sizning yutuqlaringiz bilan hech kim qiziqmaydi.

20. Sizni uyatga qo‘yish oson.

21. Sizni deyarli hech kim tushunmaydi.

22. Davralarda o‘zingizni xotirjam, erkin his eta olmaysiz.

23. Sizni xafa qilish uchun arzimagan bahona kifoya.

24. Sizningcha, boshqalar sizni pana-panada muhokama qilgani- qilgan.

25. Ko‘pchilik o‘tirgan xonaga yurak yutib kira olmaysiz.

26. Negadir ahvolingiz yaxshi emas-a?!.

27. Hoynahoy, boshqalar maqsadga juda oson erishishadi.

28. Nega sizga boshqalar bu qadar yomon munosabatda bo‘laverishadi?

29. Yuragingiz g‘ash. Nimadir sodir bo‘lishi mumkin.

30. Odamlar bilan muloqotda erkinlikka erishsangiz edi...

31. O‘zingizning haqligingizga amin bo‘lganingizdagina kim bilandir bahslashasiz.

32. Qiziq, atrofdagilarning ishonchini suiste’mol qilmayotganmikansiz?

JAVOBLAR:

- “Deyarli har kuni” — 4 ball

- “Tez-tez” — 3 ball

- “Gohida” — 2 ball

- “Kamdan-kam hollarda” — 1 ball

- “Hech qachon” — 0 ball

NATIJALAR:

0-20 ball. Siz o‘zingizga haddan tashqari ishonasiz va mustaqil insonsiz. Hayot qonunlariga kamdan-kam hollarda bo‘ysunasiz. Siz haqingizda boshqalar qanday xayolda ekanligi sizni sira qiziqtirmaydi.

21-36 ball. Yaqinlaringiz ko‘z o‘ngida o‘zingizni o‘ziga ishongan kishi qilib ko‘rsatasiz. Sizni ham o‘zgalar fikri tashvishga solmaydi. Lekin tushunarsiz, mavhum odamsiz. Bu ko‘pchilikning ensasini qotirishi mumkin.

37-69 ball. Sizga o‘xshaganlar yorug‘ dunyoda tiqilib yotibdi. Goh o‘zingizga ishonmasdan, ojiz odam qiyofasiga kirsangiz, sal o‘tmay qandaydir orzular og‘ushiga cho‘ma boshlaysiz. Siz boshqalarning fikri bilan hisoblasha olasiz. Doimo o‘z kuchingizga ishonib yashagingiz keladi.

70-128 ball. Siz hadeganda o‘zingizga ishona olmaysiz. Shuning uchun ham boshqalar bilan muloqotda bo‘lishga intilarsiz. Afsuski, bu ham har doim sizga nasib etavermaydi. O‘zingiz haqingizda boshqalarning qanday fikrda ekanligi sizni hamisha hayajonga soladi. Bu haqda hatto kechalari qayg‘urib, bosh qotirib chiqasiz. Natijada boshqalardek yashashga ahd qilasiz-u, buning uddasidan chiqishga yo‘l topa olmaysiz.
Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 1048 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: