Главная » 2009 May 10 » Obid Asomovning hayoti hamda ijodi
07:48:17 Obid Asomovning hayoti hamda ijodi | |
1983 yili mana shu ko’rsatuvga taklif qilishdi va birinchi marta TVda Obid Asomov paydo bo’ldi. Institutni a’lo baholar bilan bitiganligi uchun Rossiya poytaxti Moskvadagi Surikov institutiga rassomchilik bo’yicha tahsil olishga yo’llanma berishgan. Obid Moskvaga borib reja tuzadi, “agar Surikov institutiga o’qishga kira olsam, demak Moskvada yashayman, qiziqchilik yig’ishtiriladi, faqat rassomchilik bilan shug’ullanaman. Agar kirolmasam rassomchilik ikkinchi o’ringa o’tib, qiziqchilik birinchi o’ringa chiqadi”. Imtihonlardan so’ng, o’qishga kira olmaganligi ma’lum bo’ladi. Birgina yo’nalish bo’yicha ikki baho olganligi uchun imtihonlardan o’ta olmaydi. Agarda hamma bahosi 3 bo’lgan taqdirda ham o’qishga qabul qilinar edi. Chunki 16ta Respublikaga bittadan joy berilgan. O’zbekiston nomidan esa aynan Obid Asomov borgan. Institut rektori Bandarenko Asomov chizgan rasmlarimni ko’rib, imtihonlardan oldin oldiga chaqirtirib, “Restovratsiya” fakultetiga kirishini tavsiya etganda, abiturient Asomovning g’ururi yo’l qo’ymay, “Jivopis”ga hujjat topshiradi. Imtihonlar yakuni esa sizga ma’lum. Toshkentga qaytib kelgach, qarasaki hamma tanish-bilishlari o’qivotti, hatto ba’zilari Rossiyaga borib o’qishga kira olmaganligidan kulishgan ham. Mana shu ustidan kulganlar uyalib qolsin, deb keyingi yili Rassomchilikka o’qishga kiradi. 1984 yilda o’qishga kirgan talaba Asomov institutni 5 yil(aslida o’qish 6 yil bo’lgan) o’qib qoldirib ketishga majbur bo’ladi. Chunki, 5 - kursda tahsil olayotgan Obid har kuni TVga chiqar edi, to’ylarga borar edi. Institut dekaniga esa bu hol yoqmas edi. Yoki qiziqchilik, yoki o’qishni tanlashiga to’g’ri kelgan. Shunda Obid Asomov hech ikkilanmay ariza yozib, o’qishni yig’ishtiradi. 1989 yilda taniqli kinorejissor Latif Fayziev kinosinovga chaqiradi va Obid Asomov kinodagi o’z ishini Hindiston bilan birgalikda suratga olinayotgan “Ovchi” filmidan boshlaydi. Ilk filmning o’zi anchagina omadli keladi. Ya’ni,. ikkinchi rejissor Umesh Mehra bo’lgan “Ovchi” filmida o’sha paytning super yulduzi Mitxun Chakroborti bilan birgalikda filmda rol ijro etadi. Mana shu filmdan so’ng turli filmlarga takliflar ko’paya boshladi. Oradan ko’p muddat o’tmay Mirzabek Holmedov, To’xtamurod Azizov, Botir Muhammadxo’jaev, Sobit Asomov va Obid Asomov 5 kishi bir bo’lib, “Ko’zgu” nomli teatr tashkil etishadi. “Ko’zgu” teatri qisqa fursat ichida tan olinib, xalq ko’nglidan joy oladi. Hatto, Xalqlar Do’stligi saroyida o’sha paytning “rekord ko’rsatkichi” - 14 kunlab ikki mahaldan konsert ham beriladi. Bu orada Obid Asomov hozirgi “O’zbeknavo”, o’sha paytdagi “O’zbekestradasi”da ham faoliyat yuritadi. 1993 yilda Obid Asomovning orzularidan biri ushaladi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, “Obid-A” teatrini tashkil qiladi. Hozirda Obid Asomov 4ta shirindan-shakar farzandlarning otasi. 3ta qiz va bitta o’g’il. Dilorom, Nargiza, Odilxon hamda Nozima. | |
|
Всего комментариев: 0 | |