Главная » 2009 » Aprel » 26 » MEHMONXONA QURILISHIDAGI JASADLAR
10:26:32
MEHMONXONA QURILISHIDAGI JASADLAR
1945 yilda halok bo‘lgan 1800 nemisning suyaklari Polsha shimolidagi Malborkda eksgumatsiya qilindi. Jasadlarning suyaklari 2008 yil oktyabrda shahar markazida hashamatli mehmonxona qurish paytida topildi. Mahalliy amaldor halok bo‘lganlarning hammasi, shubhasiz, malborkliklar ekanini aytdi. Ma’lumotlarga ko‘-ra, eksgumatsiya qilingan deyarli har o‘n jasadning bosh suyagida o‘q tekkan joy yaqqol ko‘rinib turibdi. Taxmin qi-linishicha, ayrim nemislar Qizil armiya bostirib kirganidan so‘ng o‘ldirilgan, boshqalari esa ochlik, sovuq va bombardimondan halok bo‘lgan. Polsha hukumati voqeani o‘rganishni boshladi. Ikkinchi jahon urushi tugagunga qadar Malbork Germaniyaga qarashli bo‘lib, Marienburg deb atalgan, keyinchalik Polsha hududiga kiritilgan. 1945 yil bahorda u yerda Qizil armiya va fashistlar Germaniyasining chekinayotgan kuchlari o‘rtasida beshafqat jang bo‘lib o‘tgan.
Категория: YANGILIKLAR | Просмотров: 1252 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: