Главная » 2009 » Avgust » 3 » L A T I F A
21:33:53
L A T I F A

null

Ikki qarg‘a daraxt shoxida o‘tirishgandi. Tepalaridan harbiy samolyot uchib o‘tdi. Biri ikkinchisidan so‘radi: 

— Anavi qushcha namuncha tez uchadi? 

— Seniyam dumingni yoqib yuborishsa, ko‘rardim qanday uchishingni! 

J J J 

Poezd kuzatuvchisiga yo‘lovchilardan biri dedi: 

— Iltimos, meni Buxoro bekatiga yetganda uyg‘otib qo‘ysangiz! 

— Buxoroda tushasizmi? 

— Yo‘q, narigi kupedagi tanishim Samarqandda tushishi kerak. Bekatidan o‘tib ketib, asabiylashishini bir ko‘rsam, degandim. 

J J J 

— Kecha tishimni oldirdim. 

— Og‘riyaptimi? 

— Bilmadim, tish do‘xtirida qolgan. 

J J J 

Sartarosh eski tanishining sochini olayotib, dedi: 

— Sochlaringiz to‘kila boshlabdi. Soch to‘kilishiga qarshi biror chora o‘ylab topmadingizmi? 

— Topdim. 

— Qanaqa chora? 

— Yaqinda xotinim bilan ajrashayapman. 

J J J 

Ikki erkak pivoxonada o‘tirishardi. Biri ikkinchisiga dedi: 

— Yaqinda ulfatlar bilan bahslashib, bir ko‘tarishda yigirma shisha pivoni ichib yuborgandim. Xullas, yutib chiqdim. 

— O‘zingga ziyon yetmadimi? 

— Yetdi. 

— Nima bo‘ldi? 

— Ulfatlar o‘shandan keyin davralariga qo‘shmay qo‘yishdi. 

J J J 

— Yaqinda uyga yangi jihozlar sotib olganimizni ko‘rib, qo‘shnilar, sal bo‘lmasa, hasaddan kuyib ketayozdi. 

— Qaerdan bilding? 

— O‘g‘limga “Yosh usta” degan kitob, yana bir xalta asbob-uskunalar sovg‘a qilishibdi. 

J J J  

Restoranga sher va quyon kirib kelishdi. Quyon ofitsiantga dedi: 

— Menga karam va sabzi keltiring! 

— Sherigingizga-chi? Uning qorni och emasmi? 

— Och bo‘lsa, shu yerda birga o‘tirarmidik?! 

J J J 

Er tag‘in uyiga mast holda keldi. 

Xotini: 

— Kechagina butkul boshqa odamga aylanaman, demaganmidingiz? 

— Degandim. Lekin o‘sha odam ham ichkilikni yaxshi ko‘rsa nima qilay? 

J J J 

— Xo‘sh, qittay-qittay qilamizmi? 

— Yo‘q, men ruldaman. 

— Hechqisi yo‘q. Biz qizilidan ichamiz. Qizilini qoningni ming tekshirishsayam aniqlay olishmaydi. 

J J J 

Ayol mashina haydab ketardi. Yo‘lda mashinasi buzilib qoldi. O‘tkinchi mashinalardan birini to‘xtatib, yordam berishini so‘radi. Haydovchi u yoq-bu yog‘ini tekshirgan bo‘ldi-da, ayolga dedi: 

— Agar shu mashina ot bo‘lganda, so‘yib tashlashni maslahat berardim. 

J J J 

— Ha, biz yaqinda baxtli bo‘lamiz. 

— To‘g‘ri, bor-yo‘g‘i ikki hafta qoldi. 

— Eh, ertagayoq baxtli bo‘lsaydik!.. 

— Iloji yo‘q, jonim. Chunki, ajrashayotgan faqat bizlar emas.


Категория: Hajviya / Юмор | Просмотров: 2066 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 1.5/2
Всего комментариев: 1
1 илёс   (2013-12-25 14:37:44)
jjt

Имя *:
Email *:
Код *: