Главная » 2009 » Iyul » 11 » OTABEK MUTALXO‘JAYEV VA NILUFAR USMONOVA:
21:51:20
OTABEK MUTALXO‘JAYEV VA NILUFAR USMONOVA:

OTABEK MUTALXO‘JAYEV VA NILUFAR USMONOVA:

Ularning o‘rtasida nima bor?

Dilshod Mahkamov so‘zi, Ahmadjon Hojimatov musiqasi bilan kuylangan Otabek Mutalxo‘jaevning “Mayli, mayli” nomli qo‘shig‘iga klip olindi.

Rejissyor Muzaffar Erkinov bilan ilk marotaba ishlangan bu klip uchun “O‘zbekfilm” pavilonida bir necha ko‘rinishda maxsus dekoratsiyalar hamda sun’iy basseyn qurildi. Bu basseynga aylana shaklidagi orolcha o‘rnatildi. Otabek va Nilufar ana shu orolchada turib qo‘shiq kuylab, raqsga tushishdi. Chunki klip talabiga ko‘ra, xonandalar raqsga tushishi kerak edi. Kichikkina orolchada sho‘x qo‘shiq aytib, raqsga tushishni tasavvur qilavering. Buning ustiga, dekoratsiyalardan birida pol juda sirpanchiq edi. Shu bois xonandalar yiqilib tushishdi.

Aslida, duet aytish uchun ko‘pchilik ayol xonandalar mo‘ljallangandi. Lekin qo‘shiq Nilufar Usmonovaning fe’l-atvoriga, ruhiyatiga, uslubiga mos tushdi va klip olindi. Ammo juda uzoq vaqt davomida yozildi. Klip romantik tarzda suratga
olindi.

SHUHRAT MAHMUDOVNI KUYDIRGAN KIM?

Yaqinda Shuhrat Mahmudovning Iqbol Muhammadjonov musiqasi, Sharofiddin Boltaboev she’ri bilan kuylagan “Ketaman deb kuydirdingiz” nomli yangi qo‘shig‘i radiokanallar orqali muxlislarga taqdim etildi.

Endi xonanda shu qo‘shig‘iga klip suratga olish harakatida.

DIANA YAGAFAROVA YANGI QIYOFADA

Bahrom Yoqubov, nihoyat, yangi “Zirapcha” filmini suratga olish ishlarini yakunladi. Film stsenariysi Yevgeniya Palexova qalamiga mansub.

Operator — Umid Malikov. Melodrama janrida ishlangan “Zirapcha” Bahrom Yoqubovning avvalgi filmlaridan anchagina farq qiladi. Rejissyorning aytishicha, film nomidan anglashilgani kabi butunlay komediyaviy emas, balki jiddiy mavzuda.

“Zirapcha”da Samandar Hamroqulov, Ubaydulla Omon, Matyoqub Matjonov, Yayra Abdullaeva, Jumadulla Rametov, Saida Rametova, Abdurayim Abduvahobov, Bobur Yo‘ldoshev kabi aktyorlar guruhi suratga tushdi. Bosh rolni talqin etayotgan Diana Yagafarovani esa yangicha qiyofada ko‘rishingiz mumkin.

YODGOR MIRZAJONOVNING “TAQDIR”I

Yodgor Mirzajonovning muhabbat haqidagi “Taqdir” deb nomlangan yangi qo‘shig‘iga klip suratga olindi.

Bu safar bosh qahramonning rolini Yodgorning o‘zi ijro etdi. Qiz topish esa har safargidek katta muammo bo‘ldi. Oxir-oqibatda klipga yosh aktrisa Dilorom Mirzaeva taklif etildi. Suratga olish ishlari Chimyon va Chorvoqda bo‘lib o‘tdi. Klipning qayg‘uli tomoni shundaki, uning so‘ngida qiz bilan yigit ayrilib ketishadi.

“OL YURAGIMNI”

So‘nggi paytlarda bir-biridan ohangdor qo‘shiqlar yaratayotgan maftunkor Shahzodaning “Ol yuragimni” qo‘shig‘iga klip ishlandi.

Bu tarona yaqin kunlarda muxlislar e’tiboriga havola qilinadi. Klipni esa taniqli klipmeyker Jasur Shametov suratga oldi. “Ol yuragimni” qo‘shig‘ining so‘zi va musiqasini Sherzod Shams yozgan.



Категория: ШОУ - БИЗНЕС ОЛАМИ | Просмотров: 4265 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
0  
3 Odilbek   (2010-05-31 15:36:55) [Материал]
Qizlar bilan tanishaman +998905733243

0  
2 farxod   (2010-04-14 23:04:00) [Материал]
sherzod shamsga gap yok! Juda chiroyli koshiklar yozadi. Ozining aytgan "soginganman" koshigi va vidioklipi super! Sherzod aka sizga fakat omad tilaymiz!

0  
1 Jahongir   (2010-02-10 17:06:06) [Материал]
qizlar bilan tanishaman telim nomeri 998916590859

Имя *:
Email *:
Код *:
WwW.Shaxrisabz.ucoz.ru Portali Barcha xuquqlar rezervlab qo'yilgan |