Главная » 2009 » Iyun » 25 » KLIP EMAS, HAQIQIY KINO!
12:50:19
KLIP EMAS, HAQIQIY KINO!

So‘g‘diyonaning “Vspominay menya” qo‘shig‘iga ishlangan klip Rossiyaning barcha musiqiy kanallarida aylana boshladi. Klip premerasi avvaliga may o‘rtalariga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, montaj ishlari shunchalik cho‘zilib ketdiki, premerani iyunga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi.

Suratga olish guruhi So‘g‘diyonaning klipini ekranlashtirishga juda jiddiy yondashdi. Hatto an’anaviy raqamli kameralardan voz kechishga to‘g‘ri keldi — klip kinotasmaga olindi.

Klipning syujeti haqida So‘g‘diyona ham, rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev ham hech nima deyishmadi. Ammo klip faqat pavilonda emas, aerodromda ham suratga olingan. So‘g‘diyona klipda o‘zining uchuvchilik qobiliyatini namoyon etgan.




“DUO QILING, ONAJON!”

Xonanda Fazliddin Bo‘rievning “Duo qiling, onajon!” deb nomlangan yangi qo‘shig‘i ham chakki chiqmadi.

Bu tarona onajonlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Qo‘shiqqa ishlangan klip esa uning ommaviyligini oshiryapti. Ona rolini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehri Bekjonova talqin qilgan. Klipdagi yosh bola esa xonandaning o‘g‘li — Jobirbek Ne’matov.

DILSHOD ALI QAYOQQA SHOSHILADI?

Surxon vohasida kontsert berib qaytgan yosh xonanda Dilshod Ali muxlislariga Temur Shukur so‘zi, Xurshid Tursunov musiqasi bilan yaratilgan “Shoshilaman” taronasini taqdim etdi.

Bundan tashqari, “Qalbimdasan, muqaddas Vatan!” deb nomlangan qo‘shig‘ini ham yozib tugatdi. Ayni paytda Dilshod Alining “Sevgidan gapiring” qo‘shig‘iga ishlangan klip telekanallarda aylanib turibdi.

“YUGURIB CHARCHAMAGANLAR”

Oybek va Nigora dueti yaqindagina yangi — “Yuguraman” qo‘shig‘ini muxlislarga havola qilishdi. Bu tarona ularning avvalgi qo‘shiqlaridan birmuncha farqlanadi.

“Yuguraman”ning so‘zi Bobur Umarov, aranjirovkasi esa Zafar ijodiga mansub. Bu qo‘shiqqa yaqin kunlarda klip olish rejalashtirilgan.

Darvoqe, qo‘shiq nima uchun “Yuguraman” deb nomlangan ekan? Bu savolga yaratilajak klip orqali javob topsak kerak. Ishqilib, yosh duet ungacha yugurib, charchab qolmasa bo‘ldi.


“BOYVACHCHA”DAN “OLIGARX”GA

“Bojalar” guruhi muxlislarni hayron qoldirishda davom etyapti.

Mo‘min Oripov do‘sti Javlon bilan Nigora ishtirokida film suratga olayotganini xabar qilgandik. Endi bilsak, guruhning “Boyvachcha” qo‘shig‘ining ruscha varianti ham tayyor bo‘libdi. Ruscha qo‘shiq “Oligarx” deb ataladi.




Категория: ШОУ - БИЗНЕС ОЛАМИ | Просмотров: 1460 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
0  
1 muxammad   (2010-04-22 20:02:00) [Материал]
salom Dilshodjon qaliysiz xammaga salom ijodingizga omad

Имя *:
Email *:
Код *:
WwW.Shaxrisabz.ucoz.ru Portali Barcha xuquqlar rezervlab qo'yilgan |