Главная » 2009 » Aprel » 20 » “Kechirasiz, xotiram chatoq…”
22:58:04
“Kechirasiz, xotiram chatoq…”
Nega susayadi?
Buning bir qancha sabablari bor:
♦ noto’g’ri ovqatlanish, stresslar, kuchli hissiy zarbalar, ish va dam olish tartibining buzilishi, qattiq charchash…
♦ bosh miyaning qon bilan yetarlicha ta’minlanmasligi
♦ nafas yo’llari va o’pka tizimi, qalqonsimon bez, jigar va buyrak faoliyatidagi yetishmovchiliklar, yurak va tomir, foliy kislotasi va B12 vitamini yetishmasligi.
♦ miya chayqalib, lat yeyishi
♦ stresslar…

Foydali: ko’proq suv iching. Gazli suvlardan ko’ra oddiy tabiiy suv ichgan ma’qul.
Zararli: spirtli ichimliklar, hatto, juda kam miqdorda qabul qilinsa ham, vitaminlarning o’zlashtirilishiga zarar yetkazadi.

Xotira va aql ravshanligini yaxshilaydi:

• Bug’doy, yong’oq, yog’li baliq, pomidor, qora smorodina, marmarak, qovoq urug’i, kartoshka, ismaloq, yashil no’xat, sut…
Retsept:
• Qirg’ichdan o’tkazilgan piyozning yarim stakan suviga asal qo’shing. Stakan to’lguncha asal qo’shamiz. Aralashmani ovqatlanishdan oldin bir osh qoshiqdan iste’mol qiling.
• Har kuni ertalab bir qoshiq asal yesangiz, bundan quvvatliroq ozuqani tasavvur ham qilolmaysiz. Aynan quvvatga boy bu mahsulot asosan miyaga foyda beradi.
Mustahkamlaydi:
• Sutkasiga 8 soat uxlang. Uyqu vaqtida miya dam oladi va qabul qilingan ma’lumotlarni xotira yacheykalari bo’ylab saralydi, taqsimlaydi.
• Xotirani mashq qildiring. Buning uchun o’tmishingizda yuz bergan voqealarni (mayda tafsilotlarigacha), ismlar, sanalar, manzillarni eslashga harakat qiling.
• Uyingizda tartibni saqlang. Betartiblik – xotiraning birinchi dushmani. Chunki doim chalg’itadi.
• Televizor ovozini balandlatib qo’yib, 10 daqiqa kitob o’qing. Keyin, kitobni qo’yib, 10 daqiqa televizor ko’ring. Shundan so’ng, televizorni o’chirib, o’qiganlaringizni ikir-chikirigacha eslashga harakat qiling.
• Eslab qolmoqchi bo’lganlaringizni ovoz chiqarib ayting. She’r yodlash – xotira uchun ajoyib mashq.
• Qon bosimining oshib ketishi xotira susayishida barch omillar orasida birinchi o’rinni egallaydi.
• Kitoblar o’qish, krossvordlar yechish, do’stlar, hamkasblar, qo’shnilar bilan faol muloqot ham xotira uchun mashq hisoblanadi. Faqat krossvordlar yechish, she’rlar yodlashni majburan emas, mamnuniyat bilan bajarish kerak. Aks hola, buning xotira uchun foydasi bo’lmaydi.
• Miya uchun eng asosiy “dori” – havo. Agar eslash qobiliyatingiz susayib, o’zingizni holsiz va parishonhotir his qilsangiz, demak, miyangiz toza havodagi sayrga yoki vitaminli qo’shimchalarga muhtoj.
• Ishda ko’p vaqtingiz o’tirgan holda o’tsa, boshingizni orqaga-oldiga egish mashqini muntazam bajaring. Bu bo’yin mushaklari zo’riqishini bartaraf etadi, miya qon aylanishini yaxshilaydi.
• Uzum va olma fikrni bir joyga jamlashga yordam beradi.
• B6 vitamini yetishmasligi ham xotira susayishiga sabab bo’ladi. Banan tarkibida bu vitamin bor.
• Sabzi, apelsin organizmning, shu jumladan, miyaning ham qarish jarayonini sekinlashtiradi.
• Og’zaki ma’lumotni yaxshiroq eslab qolish uchun suhbatdoshingizning imo-ishoralariga, qo’llarining harakatiga, mimikasiga e’tibor bering. Lekin, asosiysi, aytilganlarni aniq eslash uchun o’sha hatti-harakatlarni o’zingiz bajarib ko’ring.

Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 3533 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 2.0/4
Всего комментариев: 1
0  
1 Яна шу мавзуда чукуррок маълумотлар беринг   (2011-01-15 20:03:11) [Материал]
wacko

Имя *:
Email *:
Код *:
WwW.Shaxrisabz.ucoz.ru Portali Barcha xuquqlar rezervlab qo'yilgan |