Главная » 2009 » Iyun » 7 » T O L E ' N O M A
13:33:06
T O L E ' N O M A

QO‘Y

    (21.03—20.04) 


Ishdagi bog‘liqlik sevgiga aylanishi mumkin. Lekin bu sevgi unchalik uzoqqa cho‘zilmaydi. Hafta davomida kayfiyatingizda o‘ta aqllilik bilan jizzakilik o‘rin almashtirib turadi. Shunday bo‘lsa-da, ish faoliyatingizda yaxshi natijalarga erishasiz. 

BUZOQ 
     (21.04—21.05) 

Ichki olamingizda xotirjamlik hukm suradi. Go‘yo qanot chiqarib parvoz qilasiz. Ishda va tijoratda biror yutuqni qo‘lga kiritay desangiz, katta tayyorgarlikning hojati yo‘q. Ishni boshlasangiz bas, hammasi shart-sharoitingizga moslashib, tezda yo‘nalishga tushib ketadi. 

EGIZAKLAR 
        (22.05—21.06) 

Ishingizda kayfiyatingizni ko‘taruvchi holatlar yuz beradi. Bu burjda tug‘ilgan erkaklar o‘z ayoliga xush kayfiyat baxsh etish payida bo‘lishadi. Ular yoqimli taassurotlar yo‘lida boridan kechadigan darajada mard ekanliklarini amalda isbotlashadi. Shunday bo‘lsa-da, moddiy inqirozni chetlab o‘tish yo‘llarini topishadi. 

 QISQICHBAQA 
 (22.06—22.07) 

Hayotingizdagi muammo va chigalliklarning oldini olaman desangiz, o‘z kuchingizga tayanib ish tuting. Sport bilan ko‘proq shug‘ullaning. Omadsiz bo‘lib qolmaslik uchun hissiyotingizni boshqarishni o‘rganing. Tashqi qiyofa ko‘p narsani anglatmasligini yodingizdan chiqarmang. 

ARSLON 
      (23.07—23.08) 

O‘ylab yurgan g‘oyalaringizni yengillik bilan amalga oshirasiz, biroq har bir g‘oyaga real nazar bilan boqing. Huquqiy muammolarni ham osonlik bilan yengib o‘tasiz. Arslonlar tavakkal qilishni yaxshi ko‘radilar. Muhabbat bobida ham arslonlar egarda. Hoyu-havasga berilish yaxshilikka olib kelmaydi. 

PARIZOD 
      (24.08—23.09) 

Bu davrda hissiy holatingiz yuksak, qandaydir o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Kasbiy o‘sishingizda rahbar ayollarning yordami ko‘p tegadi. Moliyaviy ahvolingizni xizmat safari orqali yaxshilaysiz. Yaxshi shartnoma tuzasiz. Muhtojlarga yordam ko‘rsatish hissi paydo bo‘ladi. 

TAROZI 
     (24.09— 23.10) 

Ijodiy ishlar qilish uchun juda qulay davr. Tijorat bilan shug‘ullanadigan tarozilar uchun xizmat safari va shartnomalar tuzish vaqti keldi. Bir joyda o‘tirmang, ko‘p pul topish uchun tinmay harakat qilishga to‘g‘ri keladi. Ishingizni oldindan rejalashtira olasiz, muammoni oldindan sezish qobiliyatingiz anchagina ko‘ngilsizliklardan saqlaydi. Savdo-sotiqdan yaxshigina foyda topasiz. Dam olishni unutmang. 

CHAYON 
      (24.10 — 22.11) 

O‘zingizda yangi kuch sezasiz, koinot quvvati ham siz tomonda. Jamoangiz orasida hurmatingiz yanada ortadi. Jamoat ishlarida faol qatnashadigan chayonlar ko‘pgina yangi tanishlar orttiradi. Hafta oxiri moliyaviy jihatdan juda omadli. 

O‘QOTAR 
      (23.11—21.12) 

Bu burj vakillari uchun kutilgan kunlar keldi: tashqi va ichki go‘zallik o‘qotarlar bilan birga. Yulduzlar mansab pillapoyasi va shaxsiy ishlaringizda ham omad siz tarafda ekanligini ko‘rsatmoqda. Xom xayolni chetga surib, real ishlar bilan shug‘ullanasiz. Hokimiyat vakillari bilan uchrashasiz, bor muammolaringiz hal bo‘ladi. 

TOG‘ ECHKISI 
         (22.12—20.01) 

Bu davrdagi bor vaziyatlar tog‘ echkilarini original va mulohazali bo‘lishga undaydi, shundagina omad qushingizni quchib olasiz. Ayolingizning so‘zlariga quloq soling, ishlaringiz yanada rivoj topadi. Uchrashuvlarni boshqa davrga belgilang. Qing‘irliklardan uzoqroq yurish xosiyatli. Yangi tanishlarni ko‘p uchratasiz. 

QOVG‘A 
     (21.01—19.02) 

Muammolarni yechishda to‘siqqa uchraysiz, oqibatda mayda gap bo‘lib qolasiz. O‘z tashvishingizni chetga surib, o‘zgalarni ham o‘ylang. Yaxshi ishga o‘tib, katta muvaffaqiyatlarga erishasiz. Omadingiz kelishi tuzilgan tijorat shartnomalariga bog‘liq. 

BALIQ 
     (20.02—20.03) 

Ichki kechinmalaringizni tahlil qila boshlaysiz. Kayfiyatingiz har bir yangilikdan so‘ng o‘zgaradi. Oilada tinchlik bo‘lishiga intilasiz, biroq sevgilingizga erkinlik bermaysiz. Baliqlar xonadonidan do‘stlar qadami arimaydi. Mavqeyingiz o‘sadi, biroq ba’zi ishlar chala qolib ketishi ehtimoli bor.  

Категория: МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ | Просмотров: 2106 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: