Главная » 2009 May 21 » O‘TA TEZKOR MIYA EGASI
17:18:41 O‘TA TEZKOR MIYA EGASI | |
Quyida shunday insonlarning ba’zilari haqida fikr yuritamiz. O‘TA TEZKOR MIYA EGASI Daniel Tammetning miyasi ko‘z ko‘rib, quloq eshitmaydigan tezlikda ishlay oladi. U ingliz, frantsuz, fin, nemis, eston, ispan, rumin, island, litva va esperanto tillarida bemalol gaplasha oladi. Ma’lum bo‘lishicha, bir kuni Tammet televidenie xodimlari bilan bahslashib qolibdi. Xullas, televidenie orqali island tilida ko‘rsatuv berilishi lozim bo‘lgan-u, Tammet boshlovchilikka da’vogarlik qilgan. Vaholanki, o‘shanda u island tilini umuman bilmasdi. — Nima desalaring deyishlaring mumkin, — debdi Tammet televidenie xodimlariga. — Ko‘rsatuv suratga olinishiga yetti kun qolibdimi, shu muddat ichida men island tilini mukammal o‘rganib olaman... Shubhasiz, uning gapiga hech kim ishonmagan. Lekin o‘sha ko‘rsatuv suratga olinadigan kuni televideniega kelib, bemalol island tilida gapira boshlagan. Hatto unga til o‘rgatgan muallim ham azbaroyi hayratga tushganidan Tammetni “Bu odam emas, qandaydir sirli jonzot”, deya baholay olgan, xolos.
Maykl Lotito ismli erkak sira tap tortmasdan, turli metall, oyna siniqlari, charm, velosiped va televizorlarning ehtiyot qismlarini bir o‘tirishda yeb tashlay oladi.
Ma’lumot berishlaricha, Xai Ngos ismli oltmish to‘rt yoshli erkak 1973 yildan beri umuman uxlamas ekan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |