Регистрация | Вход
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Admin  
Forum » So'zlashuv maydonchasi / Беседка » Erkin Mavzu \ Свободная тема » Эркин фикр ва Форум тартиб коидалари....
Эркин фикр ва Форум тартиб коидалари....
АнгелочкаДата: Payshanba, 2009-04-02, 18:02:55 | Сообщение # 1
Admin Yordamchisi (AY)
Группа: Портал Патрул Модератори (ППМ)
Сообщений: 583
Награды: 11
Репутация: 11
Статус: Ketgan
Эркин фикр ва Форум тартиб коидалари:

Salom hurmatli va biz uchun qadrli bo’lgan forum qatnashchilari va forumdosh do’stlar. Avvalambora sizni bu forumga tashrif buyurganingizdan va sizni aynan mana shu bo’limda ko’rib turganimdan hursandman. Hammamizga birdek ayonki bu forum bizni ikkinchi uyimizga aylanib ulgurgan! Uyni ozoda, toza saqlash bizni burchimiz ya’ni forumni mazmunli, tartibli hamma ko’rsa havas qilgudek bo’lishi kerak. Shu sababdan aynan “Erkin Mavzu va fikrlar / ОФФТОП” bo’limiga tegishli tartib-qoida va eslatmalar bilan tanishib chiqishingizni so’rayman!!!

Izoh va habar qoldirishdagi qoidalar!!!

1.1. Habar yoki izoh yozishda ayrim qisqa va hech qanaqa ma’noga ega emas habarlar ko’p uchrab turadi. Masalan: “100% qo’shilaman”, “gapingiz to’g’ri”, “gap bo’lishi mumkin emas”, “yaxshi mavzu ochibsizlar”, “manga yoqdi”, “sizga omad tilayman…” “sizga ham”, “rahmat”, “avatariz chiroyli ekan”, “podpisingiz chiroyli zo’r chiqibdi”, “rasm qanaqa qo’ysa bo’ladi”, “hammaga omad” shu kabi habarlar xato hisoblanadi va bu qoidalarimizga zid!
1.2. «цитата» ya’ni boshqa bir forumdosh do’stingiz uchun javob habar qo’llash maqsadidda ishlatiladi! Uni qo’llayotganingizda aynan qaysi habar kerak bo’lsa o’shangagina javob habar bering. Ortiqcha qismini esa kesib tashlasangiz ham bo’ladi.
1.3. Ketma-ket 5 marta bir xil izoh va habar qoldirganlar flooder xisoblanadi!
1.4. Habarlar sonini ko’paytirish va tajribasini oshirish maqsadida chala pulcha va xato yozish aslo mumkin emas. Bu forum ko’rkini va chiroyini buzadi. Masalan: rahmat o’rniga rahamd, xozir – xzoir, omad – oamd mana shularga o’xshagan!
1.5. Habarlar sonini ko’paytirish va tajribasini oshirish maqsadida boshqa bir forumdosh do’stining habarlariga befarq bo’lib 10-15 talab habarlar yozib tashlash qoidaga also to’g’ri kelmaydi. Boshqa forumdoshlarimizning ham habarlarini hurmat qiling ularni o’qing…
1.6. Ketma ket xar hil habarlar qoldirish faqat 3 marta ga ruxsat. Undan ko’pi FM tomonidan o’chirib tashlanadi. Oradagi habarlarni e’tibor bilan o’qib keyin siz ham habar qoldirishingiz mumkin!
1.7. Shaxsiyatga tegadigan yoki qo’pol habar, forumdoshga hurmatsizlik qilish qat’iyan man etiladi!
1.8. Bir mazmunli fikrni ham takror yozish taqiqlanadi!
1.9. Forumda habar ko’paytirish uchun oddiy smayliklarni qo’yish mumkin emas! U mazmun aks etishi lozim!

Bo’limda yangi mavzu ochish qoidalari!!!

2.1. Yangi mavzu ochishdan oldin bo’limning ma’no va mazmuniga yaxshilab e’tibor berib oching. Ya’ni sizning ochayotgan yangi mavzuyingiz aynan Erkin Mavzu va fikrlar bo’limiga mos va xos bo’lishi shart!
2.2. Bo’limda yaxshilab kuzating agarda bo’limda boshqa sahifalarida 1-2 habar bilan tugallangan mavzular ko’p bo’lsa iloji boricha yangi mavzu ochmay turing.
2.3. O’yin tariqasidagi yoki saviyasi juda past darajadagi mavzularni iloji boricha kamroq ochishga harakat qiling.
2.4. Siz ochgan mavzu va undagi qoldirgan habaringiz mavzuyingiz mazmuniga mos bo’lsin.
2.5. Mavzu qanchalik qiziqarli va o’ta ma’noli bo’lsa uning reyting darajasi ham shunchalik baland bo’ladi. Demak: hammaga manzur mavzular o’ylab oching!
2.6. “CLONE” yani forumda bir xil mavzu ochish mumkin emas! Siz mavzu ochayotganda shu mazuga mos keladimi yoki yo’qmi o’ylab va forumni diqqat bilan ko’zdan kechirib so’ngra ochishingiz zarur!
2.7. Siyosatga yaqin mavzu ochish taqiqlanadi.
2.8. Din va shunga o’xshash mavzular ochish taqiqlanadi.

2.9. Mavzuni ochgan forum foydalanuchisi o’z mavzusidagi barcha savollarga javob berishi lozim.

Forumdoshlar bilan o’zaro hurmat qoidalari!!!

3.1. Barcha forumdoshlarga bir xil hurmat talab qilinadi! Bu forumda hamma teng!
3.2. Forumni chat qilish mumkin emas u OFFTOP hisoblanadi!
3.3. Har bitta o’chib ketgan sharx uchun FM javobgar.
3.4. Forumda shaxsiy masalalar bo’yicha PM orqali yozish mumkin.
3.5. Forumda qizlarga gap otish taqiqlanadi.
3.6. Forumda e'tirozlar bo'lsa FM ga PM orqali murojat qilinsin!

Eslatma!

Sizning ochayotgan va qoldirayotgan har bitta harakatlaringiz FM lar nazorati ostidadir. Barcha forum qatnashchilariga omad va ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Эркин фикр ва Форум тартиб коидалари bars_II va MirOybek tomonlaridan ishlab chiqildi.

 
Forum » So'zlashuv maydonchasi / Беседка » Erkin Mavzu \ Свободная тема » Эркин фикр ва Форум тартиб коидалари....
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: