Главная » 2009 » Avgust » 3 » MAYKL JEKSONNING KARDIOLOGI QOTILLIKDA GUMON QILINYAPTI
13:28:44
MAYKL JEKSONNING KARDIOLOGI QOTILLIKDA GUMON QILINYAPTI
Maykl Jeksonning shaxsiy kardiologi Konrad Myurrey o‘zi bilmagan holda qotillik sodir etishda gumon qilinyapti. 

Xyuston sudi tomonidan berilgan tintuv orderida huquq-tartibot organlariga shifokorning bilmay qotillik sodir etishini tasdiqlovchi dalillarni izlashga ruxsat berildi. Myurreyning klinikasi o‘tgan haftada tintuv qilindi. Bu qo‘shiqchining o‘limi qotillik sifatida o‘rganilayotganini rasmiy ravishda tasdiqlovchi ilk xabar bo‘ldi. Ilgari Myurreyning advokatlari hukumat Jeksonning o‘limini qotillik sifatida ko‘rib chiqmoqchiligini bildirishgan, biroq politsiya bu xabarni tasdiqlamagan edi. 

Tintuv vaqtida Myurreyning kasalxonasidan nima topilgani ma’lum bo‘ldi. TMZ.com internet nashrining xabariga qaraganda, klinikadan fentermin shishachasi (ishtahani o‘ldirish uchun qo‘llaniladi), klonozepam shishachasi (tirishishga qarshi vosita), Myurreyning portreti nusxasi, kartoteka, umumiy foydalanishdagi omborxonaning to‘lov cheki, qandaydir Steysi Xouining elektron maktublari nusxasi, shuningdek, Fed Ex pochta kompaniyasi haqidagi axborotlar yozilgan kartochka topildi. 

Eslatib o‘tamiz, qo‘shiqchi nafas olmay qo‘yganda uning yonida aynan Myurrey bo‘lgan. 


ERON PREZIDENTI VAZIRLARNI ISTE’FOGA CHIQARDI

Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejad to‘rtta vazirni iste’foga chiqardi, deb xabar beradi AG‘R axborot agentligi. 

Ishdan bo‘shatish Ahmadinejadning yangi kabineti tarkibi ma’lum qilinishidan bir necha kun avval sodir bo‘ldi. Madaniyat, mehnat va jamoat ishlari, Sog‘liqni saqlash hamda ayg‘oqchilik ishlari vazirlari o‘z lavozimidan ayrildi. 

Eron prezidenti Oyatillo Ali Hameniyning talabini bajarib, o‘zining birinchi o‘rinbosari Isfandiyor Rahim Mashaiyni ham iste’foga jo‘natdi. 

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Ahmadinejad Islom respublikasi prezidentligiga 2009 yilning 12 iyunida bo‘lib o‘tgan saylovlarda saylangan. Oppozitsiya vakillari saylov natijalari soxtalashtirildi deb da’vo qilishdi. Mamlakat bo‘ylab norozilik aktsiyalari o‘tkazildi, namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvgacha yetib bordi. Oppozitsiya ma’lumotlariga qaraganda, buning natijasida umumiy hisobda 150 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Rasmiy Tehron esa faqat 19 kishining o‘lgani haqida xabar berdi. 

Eron hukumati oppozitsiyaning ayrim talablarini ado etib, ovozlarni qisman qayta hisoblashdi. Yangi natijalar ham Ahmadinejadning g‘alabasini tasdiqladi. 

MURDANING BURNINI O‘G‘IRLAB KETISHDI

Maykl Jeksonni yuzida o‘n yildan beri “ko‘tarib yurgan” protezsiz ko‘madigan bo‘lishdi. 

Qo‘shiqchining jasadini tibbiyot xodimlari tomonidan tekshirish natijalari yangi tafsilotlar bilan boyimoqda. Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, Maykl Jekson deyarli o‘n yil foydalangan burun protezi o‘likxonadan yo‘qolibdi. 

“Rolling Stones” jurnaliga hikoya qilib bergan guvohning aytishicha, u o‘likxona stolida qo‘shiqchining murdasini ko‘rgan, biroq u paytda protez burun yo‘q edi. “Mayklning azobli o‘zgarishlarga yuz tutgan va u o‘n yil ommadan berkitgan yuzi ochiq bo‘lib, unga yorug‘lik tushib turardi. U, odatda, zararlangan burniga yopishtiradigan protez yo‘q edi. Uning o‘rnida kichkina qora teshikchani qoplab turgan tog‘ay qismlari ko‘rinib turardi”, — deb hikoya qiladi ismini oshkor qilishni istamagan guvoh. 

Avval patologanatomlarning hisobotida qo‘shiqchining yuzi ko‘plab plastik jarrohliklar natijasida o‘zgarib ketgani aytilgan, biroq qay darajada o‘zgargani qayd etilmagandi. Tibbiyot xodimlarining hisob-kitobiga qaraganda, Maykl 13 marta plastik operatsiyani boshdan kechirgan. Jarrohlar uning yuzini shunchalik tasqara qilib qo‘yishganki, yuzida burun degan a’zo deyarli bo‘lmagan. 

2001 yilda G‘arb nashrlari omadsiz plastik operatsiya natijasida, qo‘shiqchining burni butunlay tushib ketgani haqida yozishgandi: “Qo‘shiqchining burnini nekroz, ya’ni tog‘ayning o‘lishi zararlantirdi. Pop-qo‘shiqchi uchun bu haqiqiy fojia bo‘ldi. U jarrohlik niqoblari tutadigan, yuzini qora ro‘molcha bilan berkitadigan bo‘ldi, ammo mikroblardan qo‘rqqani uchun emas. Aslida, hammasi nihoyatda ayanchli edi — qo‘shiqchi o‘zining tasqaralashgan yuzini yashirardi. Maykl hatto maxsus burun protezini ham buyurtirdi, ammo faqat estetik maqsadda emas, balki normal nafas olish uchun ham. U har gal odamlar oldida yuz niqobisiz paydo bo‘lganda, protezni grimning semiz qavatlari ostiga yashirishardi. Baribir, notabiiy, tepaga ko‘tarilgan chiziqlar taajjubli savollar tug‘dirardi. Qo‘shiqchining muxlislari uning burnini o‘ziniki deb hisoblashardi — plastika bilan tasqaralashgan bo‘lsa ham. Afsuski, ular xato qilishardi. Bu Maykl Nyu-Yorkda “Medison Skver Garden” sahnasida chiqqanda, oshkor bo‘ldi. Qo‘shiqchi raqs tushib, faol harakatlanib, tasodifan qo‘li bilan burnining uchiga tegib ketdi, a’zo shundoq yulduzning oyoqlari ostiga tushdi. Tomoshabinlar dahshatga tushishdi, Maykl esa parda ortiga qochishga majbur bo‘ldi”. 

Keyinroq, 2004 yilda plastik jarrohlar qo‘shiqchining burnini qulog‘idan olingan tog‘ayni yuziga yopishtirish yo‘li bilan “ta’mirlash”ga urinib ko‘rishdi. Biroq bu operatsiya ham umid qilingan natijani bermadi.

“TITANIK” QAYTA SURATGA OLINADI

Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Avatar” filmining roliklarini namoyish qilish paytida rejissyor Jeyms Kemeron o‘zining yangi shedevrini suratga olayotganda, 3-D (kinoteatrda stereochkoflardan foydalanish tizimi) texnologiyani sevib qolganini ma’lum qildi. 

Rejissyorga bu texnologiya shunchalik yoqib qolibdiki, o‘zining asosiy filmi — “Titanik”ni ham aynan shu formatda qayta suratga olishni ko‘ngliga tugibdi. Albatta, qayta suratga olish oson ish emas, shuning uchun Kemeron bir nechta sahnani shunchaki o‘zgartirib qo‘yadi. Shu, xolos. 

Kemeron “Avatar”ning davomini ishlashni ham o‘ylab turibdi. Ammo buning uchun birinchi qismi yetarlicha ommalashishi kerak. Bunga esa shubha qilmasa ham bo‘ladi. 


Категория: ШОУ - БИЗНЕС ОЛАМИ | Просмотров: 2871 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 2.0/2
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: