Главная » 2009 » Avgust » 3 » MANFAATLARNI QANDAY HIMOYA QILASIZ?
09:34:02
MANFAATLARNI QANDAY HIMOYA QILASIZ?
Har bir tirik insonning o‘z manfaatlari bor. Lekin o‘tkinchi dunyoda o‘zidan ko‘ra boshqalarning manfaatlarini himoya qiladiganlar kam uchraydi. 

Siz-chi? Siz uchun kimning manfaatlari ustunroq? Quyidagi savollarga javob berib, shularni aniqlab oling. 


1. Muhim uchrashuvga otlanayapsiz-u, to‘satdan yaqin dugonangiz kirib, bir tanishi bilan tezda ko‘rishmasa bo‘lmasligini, ma’lum muddatga bolalariga qarab turishingizni aytib qoldi. Siz: 

a) og‘ir xo‘rsinib, rozi bo‘lasiz; 

b) keskin rad javobi berasiz; 

v) chiqib ketayotganingizni aytib, yaxshisi, ertaga kelishini tayinlaysiz. 

2. Ilm kishisi bo‘lmish tanishingiz qaysidir majlisda chiqish qilishi uchun nutq matnini yozib berishingizni iltimos qilsa: 

a) hazil aralash, evaziga dam olish kunlari “Mersedes”ini berib turishini aytasiz; 

b) xursand bo‘lib, rozilik bildirasiz; 

v) unga eshittirmay g‘udranib qo‘yasiz. 

3. Sizga yoqqan erkak bugun restoranga taklif qila olmasligini, puli kamroq ekanini aytsa: 

a) qachon boyisa o‘shanda uchrashishingizni aytib, jo‘nab qolasiz; 

b) O‘zingiz uni restoranga taklif qilib, xarajatlarni to‘laysiz; 

v) uni no‘noqlikda ayblaysiz. 

4. Boshlig‘ingiz ishdan keyin qolib, qo‘shimcha ish olishingizni so‘rasa: 

a) hamkasb dugonangizdan boshqa xonadan turib, boshliqqa: “Xolasi kasal ekan, kasalxonaga ketdi”, deb qo‘yishini so‘raysiz; 

b) indamay rozi bo‘lasiz; 

v) boshliqni mehnat qonunlarini buzayotganlikda ayblaysiz. 

5. Bolalikda siz quyidagi qahramonga o‘xshashni istardingiz: 

a) Zolushka; 

b) Qizil Shapkacha; 

v) Qor malikasi. 

6. Dugonalaringizdan biri kutilmaganda sizdan o‘zini olib qocha boshlasa: 

a) qattiq qayg‘uga botasiz va nima qilib bo‘lmasin, qaytadan uning e’tiborini tortishga intilasiz; 

b) unga ichingizdagi bor gaplarni aytib-aytib olasiz; 

v) siz ham undan voz kechasiz va o‘sha dugonasiz ham hayotda bemalol yashash mumkin, deya hisoblaysiz. 

7. Eringiz sizni o‘zingizga umuman yoqmaydigan ziyofatga olib bormoqchi: 

a) bugun yolg‘iz qolmoqchi ekaningizni aytib, taklifini rad etasiz; 

b) rozi bo‘lasiz va u bilan birga borasiz; 

v) do‘st tanlashda umuman didi yo‘qligini yuziga solasiz. U ham bormasligini, siz bilan birga bo‘lishini talab qilasiz. 

8. Dugonalaringiz sizni sayohatga taklif etishsa: 

a) ular bilan bajonidil birga bo‘lasiz; 

b) hozir borgingiz kelmayotganini, sayohatni orqaga surib turishlarini so‘raysiz; 

v) takliflarni zarda aralash rad etasiz. 

9. Eringiz siz yoqtirgan ovqatni xush ko‘rmasa: 

a) shu ovqatdan bir umrga voz kechasiz; 

b) aynan shu ovqatni tez-tez tayyorlaysiz. Eringiz ko‘nikib ketmaguncha to‘xtamaysiz; 

v) bu ovqatni faqat o‘zingiz uchun tayyorlaydigan bo‘lasiz. 

10. Uydagilar yoki dugonalaringiz bilan orangizda janjallar kelib chiqsa: 

a) albatta, o‘zingizni ayblaysiz; 

b) ularni ayblaysiz; 

v) hech kimni ayblamaysiz. 

11. Do‘konda to‘satdan sotuvchi sizni haqorat qildi: 

a) indamaysiz, chidaysiz; 

b) uning ishi ham oson emasligini aytib, uni tinchlantirasiz; 

v) xuddi shunday haqorat bilan javob qaytarasiz. 

12. Ishga joylashayotib: 

a) maosh qanchaligini ochiqchasiga surishtira olmasdingiz; 

b) boshliq bilan savdolashardingiz; 

v) qulay sharoit yaratib berishlarini oshkora talab qilardingiz. 

NATIJALAR: 

Agar siz 1a, 2b, 3b, 4b, 5a, 6a, 7b, 8a, 9a, 10a, 11a, 12a javoblarni tanlagan bo‘lsangiz, har biriga 2 balldan, 1v, 2a, 3a, 4a, 5b, 6v, 7a, 8b, 9v, 10v, 11b, 12v javoblarning har biri uchun 1 balldan hisobingizga yozib qo‘ying. 

16 va undan ortiq ball. Sizning atrofdagilar bilan munosabatlardagi shioringiz: “Men o‘z manfaatlarimdan voz kechib, sizlarning manfaatlaringizni himoya etaman”. Sizdan boshqalar o‘z maqsadlari yo‘lida osongina foydalana bilishadi. 

9-15 ball. Siz, avvalo, o‘z manfaatingiz, undan so‘ng boshqalar manfaatini himoya etasiz. O‘zingizdan qaysidir maqsad yo‘lida foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaysiz. 

9 va undan kam ball. Sizni o‘zingizdan boshqa hech kim qiziqtirmaydi. Siz bilan til topishish juda mushkul.

Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 1396 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: