Главная » 2009 » Avgust » 2 » T O L E ' N O M A
11:11:34
T O L E ' N O M A
QO‘Y 

(21.03—20.04) 


Moliyaviy ishlarda sherikchilik qilishni maslahat bermaymiz. Shu sabab faqat o‘z kuchingizga ishonganingiz ma’qul. Tasodifiy tanishuvlarda ehtiyotkor va sergak bo‘lishga harakat qiling. Oldinda ishqiy sarguzashtlar kutmoqda: oddiy do‘stona vaziyat sevgiga aylanib ketishi mumkin. Omadli kun — dushanba, juma va shanba.  

BUZOQ 

(21.04—21.05) 


Bu hafta amalga oshishi qiyin bo‘lgan ishga qo‘l urasiz. Shu sabab ilgari uchramagan to‘siqlarni qarshi olishga majbur bo‘lasiz. Ish faoliyatingizda ikir-chikirlarni ham e’tiborsiz qoldirmaslikka harakat qiling. Omadli kunlar — chorshanba, juma va shanba.  

EGIZAKLAR 

(22.05—21.06)
 

Bu hafta irodali va sabrli bo‘lmasangiz bo‘lmaydi. Ko‘ngil dushman deganlaridek, yurakka g‘ul-g‘ula soluvchi xayollar sizni tinch qo‘ymaydi. Ammo tashvishlanishga asos yo‘q: omad va quvonch siz tomonga yon bosmoqda. Ayrim ishlarda shoshilsangiz-da, o‘zingizni yo‘qotmaslikka harakat qiling. Omadli kunlar — seshanba va shanba.  

 QISQICHBAQA 

(22.06—22.07) 


Yangi taassurot va loyihalar asosida hayotingizda katta o‘zgarishlar qilishga kirishasiz. Ish borasida ham, shaxsiy hayotingizda ham janjal va ziddiyatlardan saqlaning. E’tiborli bo‘ling, chunki hayotingizdagi katta o‘zgarishlarga arzimagan narsa turtki bo‘lishi mumkin. Omadli kunlar — dushanba, seshanba va yakshanba. 

ARSLON 

(23.07—23.08)
 

Ko‘nglingizni har xil yomon o‘ylar qamrab olishiga qaramay boshlagan ishlaringizda olg‘a siljishlarni amalga oshirasiz. Ishqiy sarguzashtlar va kutilmagan tanishuvlarda sinchkov bo‘lish bilan birga sirlilik darajasini ham saqlab qoling. Qizg‘in ishlar evaziga yaxshilab hordiq chiqarishni ham rejalashtiring.  

PARIZOD 

(24.08—23.09)
 

Hafta boshidan bel bog‘lagan muhim ishlaringizda aldanish, umidsizlik va ziddiyatli vaziyatlar ko‘p bo‘ladi. Muammoli vaziyatdan chiqishda vazminlikning o‘zi sizga yo‘l ochadi. Ish borasidagi xatti-harakatlaringizni tahlil qilib, kerakli xulosalar chiqarasiz.  

TAROZI 

(24.09— 23.10)
 

 Ishqiy munosabatlardagi past-baland holatlarni yengishga harakat qiling. Ijobiy natijalar uchun sizda barcha imkoniyatlar muhayyo. Hafta so‘ngida katta o‘zgarishlar davrini boshdan kechirasiz. Xomxayollarni chetga surib, real ishlar bilan shug‘ullanish payida bo‘ling. Omadli kunlar — juma, shanba va yakshanba.  

CHAYON 

(24.10 — 22.11) 


O‘ylagan rejangiz ko‘ngildagidek amalga oshishi uchun shijoatli bo‘lishga harakat qiling. Moliyaviy masalalarda esda qolarli holatlarga duch kelasiz. Kamtarlik va soddalikning vaqti emas, shu bois jiddiy bo‘ling. Omadli kunlar — payshanba va shanba. 

O‘QOTAR 

(23.11—21.12)
 

Hayot yo‘lingizdagi har qanday o‘zgarish ham yaxshi natija bermasligi mumkin. Shu sabab ish rejangizda keskin ijobiy burilishlar qilishga shoshilmang. Moliyaviy hujjatlarga e’tiborli bo‘lishni odatga aylantiring. Sevgi bobida ilohiy hissiyotlar hayotingizga kirib keladi. Omadli kun — shanba. 

TOG‘ ECHKISI 

(22.12—20.01) 


Keskin harakatlar va noo‘rin tortishuvlarga aralashmang. Shunda boshlagan ishlaringizni amalga oshishi tezlashadi va ko‘zlagan maqsadingizga yetishasiz. Sevgi borasida hech kimga ishonmang, chunki o‘z maqsadlari yo‘lida aldashlari mumkin. Omadli kun — seshanba, payshanba va juma.  

QOVG‘A 

(21.01—19.02) 


Qulay imkoniyatlar siz tomonda, faqat tanlashda adashmasangiz bas. Sizga hamkorlik yoki yangi ish taklif qilishlari ham mumkin. Shaxsiy hayotingizni yo‘lga qo‘yishda ichki sezgining o‘rni muhim, chunki turmush yo‘lingizni bog‘lashga loyiq insonni uchratasiz. Omadli kunlar — dushanba chorshanba va shanba. Og‘ir kunlar — payshanba va juma. 

BALIQ 

(20.02—20.03) 


Imkon boricha ehtiyotkorroq bo‘ling. Oilaviy muammolarni hafta oxirigacha bartaraf qiling. Hayot quvonch va tashvishlardan iborat. Shu sabab ba’zi sinovlarga duch kelishingiz mumkin. O‘zingizni doimo ruhan tetik tutishga harakat qiling. Omadli kunlar — dushanba payshanba va shanba. Og‘ir kunlar — seshanba va yakshanba.  

Категория: МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ | Просмотров: 2399 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 2.5/2
Всего комментариев: 2
2 Sodiq   (2012-11-12 13:31:16)
Salom Menga shu yilning Munnajjimlar bashorati kerak, agarda iloji bo'lmasa qaysi saytdan olishni aytib yuboring iltimos!!

1 Boss   (2012-11-12 13:28:02)
Munajjimlarni yangilarini qo'ymislarmi. barakatopgirlar!!! angry

Имя *:
Email *:
Код *: