Главная » 2009 » Iyul » 11 » T O L E ' N O M A
21:27:30
T O L E ' N O M A
QO‘Y

(21.03—20.04)


Hafta boshidan moddiy qiyinchiliklarni his qilasiz: sabab — boshliqlar bilan chiqishmaslik. Ziddiyatli vaziyatlar tufayli kayfiyatingiz buzilishi mumkin. O‘zingizni qo‘lga olib sokinlik va tinchlikni tanlashga harakat qiling. Omadli kunlar — chorshanba, juma va yakshanba. Ziddiyatli kunlar — seshanba va payshanba.

BUZOQ

(21.04—21.05)


Aniqlik va qat’iyat bu haftada sizning asosiy yordamchingiz bo‘ladi. Hayotingiz ovga o‘xshaydi — mo‘ljalni ololsangiz, marra sizniki. Sevgi bobida kutilmagan sarguzashtlar girdobida bo‘lasiz. Istiqbolli rejalar yo‘lida chidamli bo‘lishga harakat qiling. Omadli kunlar — seshanba, payshanba, shanba.

EGIZAKLAR

(22.05—21.06)


Oldinda omadli kunlar kutmoqda. Sevgi bobida hayotingizga yolg‘on va xiyonatni aralashtirmang. Aniq maqsad va puxta reja asosida ish olib boring. Yorqin kelajak hamda istiqbolli hayot haqida bosh qotirsangiz arziydi. Ikir-chikirlar bilan o‘ralashib qolmang. Muvaffaqiyatli kunlar — juma va yakshanba.

QISQICHBAQA

(22.06—22.07)

Bu haftada biroz e’tiborli va kirishimli bo‘lish talab etiladi. Sizda keng qamrovli rejalarga moyillik paydo bo‘ladi. Buni amalga oshirish uchun turmush o‘rtog‘ingizning ko‘magiga muhtojlik sezasiz. Omadli kunlar — dushanba, chorshanba va payshanba.

ARSLON

(23.07—23.08)


Ishxonada har bir so‘zingiz va harakatingiz nazorat ostida ekanligini unutmang. To‘siq paydo bo‘lgan taqdirda ham yengilmaslikka harakat qiling. Tirishqoqligingiz, albatta, moliyaviy omad sari yetaklashiga ishoning. Sevgi bobida e’tiborsizlik yaramaydi. Muvaffaqiyatli kunlar — payshanba, juma va yakshanba.

PARIZOD

(24.08—23.09)


Haftangiz yomon o‘tmaydi, faqat ehtiyot bo‘ling: sizni aldashlari mumkin. Faol va tejamkor bo‘lishga harakat qiling. Asosiysi, ko‘zlagan maqsaddan chalg‘imaslik. Hafta so‘ngi kasbiy faoliyat borasida omadli va o‘ziga xos moddiy manfaatdorlik olib keladi.

TAROZI

(24.09— 23.10)


Maqsadingiz yo‘lidagi biroz qattiqqo‘llik sizga omad keltiradi. Taqdiringizda keskin o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Yaqinlar bilan o‘zaro munosabatlarda samimiylikka ko‘proq e’tibor bering. Mas’uliyatli qarorlarni yolg‘iz qabul qilishga urinmang. Omadli kunlar — dushanba va shanba.

CHAYON

(24.10 — 22.11)


Hafta avvalida biroz murakkab vaziyatni boshdan kechirasiz. Bu muddat mobaynida ichki hislaringizni tizginlab olishning uddasidan chiqing. Hayotingizdagi o‘zgarishlarni yaxshi tomonga yo‘naltira biling. Aks holda, obro‘ngizga putur yetishi mumkin.

O‘QOTAR

(23.11—21.12)


Qimmatli vaqtingizdan unumli foydalanishga harakat qiling. Hafta o‘rtasida ishlaringiz ko‘payib ziddiyatlarga sababchi bo‘lishingiz mumkin. Sizning haqqoniyligingiz kimlar uchundir nuqsondek tuyulsa-da, bu xislatingiz sizni ulug‘lashiga ishoning. Omadli kunlar — seshanba va shanba. Og‘ir kun — juma.

TOG‘ ECHKISI

(22.12—20.01)


Hafta mobaynida quvnoqlik va joziba siz tomonda bo‘lishi bilan birga ishdagi rejalar uchun ham zamin yaratasiz. Omad va omadsizlik shijoatingizga bog‘liq holda keladi. Ishdagi oldinga siljishda ichki tartib-intizomning o‘rni muhimligini unutmang. Hafta so‘ngida sizni kutilmagan sovg‘a kutmoqda.

QOVG‘A

(21.01—19.02)


Shaxsiy, ijtimoiy, huquqiy muammolarni hal qilish uchun qulay hafta. Tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering, yangi liboslar xarid qiling. Sizni oldinda romantik uchrashuv kutmoqda. Mustaqil ravishda harakat qiling va yurak amriga bo‘ysuning.

BALIQ

(20.02—20.03)


Boshlagan har bir ishingizdagi yengillik sizga kuch va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Ish borasida va shaxsiy hayotda kayfiyatni ko‘taruvchi yangiliklar kutmoqda. Hafta so‘ngida o‘zingiz haqingizda turli-tuman mish-mishlar eshitishingiz mumkin. Ammo aslo asabingizni buzmang, barchasiga vaqt hakam.


Категория: МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ | Просмотров: 1649 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: