Главная » 2009 » Iyul » 11 » HISSIYOTLAR UYG‘UNLIGI
21:20:47
HISSIYOTLAR UYG‘UNLIGI

Bir-birini sevgan kishilar hayotda doimo do‘stona, kelishib yashashga intilishadi. Lekin hamisha bu istak amalga oshavermaydi. Shunday lahzalarda qaynoq sevgi sarobga aylanib ketishi ham mumkin. Xo‘sh, yostiqdoshingiz bilan hissiyotlaringiz uyg‘unmi? Quyidagi testni yechib, shu savolga javob toping.




1. Ba’zan kimnidir sevishdan oldin ehtiroslari mos keladimi-yo‘qmi, shuni tekshirib ko‘rish kerak, deyishadi. Bunga qanday qaraysiz?

a) to‘g‘ri (6 ball)

b) asosiysi, bir-birini qattiq sevish. Shunda muammo bo‘lmaydi (3 ball)

v) ehtiros hayotda asosiy narsa emas (0 ball)

2. Vaqtingiz yo‘q. Yostiqdoshingiz tanishlari bilan ziyofatga ketdi. Keyinroq sizga kimdir uning begona kishi bilan yurganini aytsa, nima qilasiz?

a) bo‘lishi mumkinmas, unga ishonaman (5 ball)

b) qanday dahshat! Uni ko‘rishni ham istamayman (1 ball)

v) hammasiga o‘zim aybdorman (4 ball)

3. O‘ylab o‘tirmay, o‘zingizga yoqqan uch mashg‘ulotni tanlang.


a) g‘iybat (6 ball)

b) kompyuter (1 ball)

v) mas’uliyatli ish (1 ball)

g) shovqinli kecha (5 ball)

d) nozlanish (7 ball)

e) romantik sarguzasht (4 ball)

j) janjal (2 ball)

z) bahs (3 ball)

i) boshqalarga ko‘mak berish (2 ball)

k) mashinada sayr qilish (5 ball)

4. Siz yoqtirgan rangingiz qaysi guruhga mansub?

a) yashil, sariq, to‘q sariq (2 ball)

b) qora, qizil, ko‘k (5 ball)

v) pushti, och jigar rang, moviy (3 ball)

5. Quyidagilarning qay biri sizga ma’qulroq?

a) dori (4 ball)

b) nimadandir himoyalanish vositalari (3 ball)

v) oy kunlarini sanash (1 ball)

g) yuqoridagilardan boshqa hamma narsa yoqadi (2 ball)

6. Siz tunda qay holatda uxlaysiz?

a) chiroqni yoqqan holda (6 ball)

b) qorong‘ilikda (2 ball)

v) uy pardalarini ochgan holatda (4 ball)

7. Turmush o‘rtog‘ingizning suratlarini qaerda asraysiz?

a) yozuv stolida (1 ball)

b) alohida joyda (3 ball)

v) yostiq ostida (5 ball)

8. “Hissiz ayol bo‘lmaydi. Erkaklar uquvsiz, xolos”. Bu fikrga munosabatingiz?

a) xuddi shunday (3 ball)

b) bunday emas (5 ball)

v) bu gapda jon borga o‘xshaydi (2 ball)

9. “Sevaman” degan so‘zni tez-tez takrorlaysizmi?

a) har kuni (3 ball)

b) bu so‘zni deyarli tilimga chiqarmayman (1 ball)

v) tez-tez, lekin faqat sevgilimga nisbatan emas (5 ball)

10. O‘tmishingiz haqida kim bilan suhbatlashish yengil kechadi?

a) faqat turmush o‘rtog‘im bilan (3 ball)

b) hech kim bilan (1 ball)

v) yaqin do‘stlar bilan (4 ball)

11. Muhabbat va ehtiroslarga oid axborotlarni ko‘proq qaerdan olish mumkin deb hisoblaysiz?

a) kitoblardan (1 ball)

b) jurnallardan (2 ball)

v) filmlardan (5 ball)

g) o‘z tajribamdan (3 ball)

12. Chiroq yorug‘ida muloyim bo‘la olasizmi?

a) yo‘q (1 ball)

b) ha (4 ball)

v) faqat sham yorug‘ida muloyimlashaman (3 ball)

13. Uydan tashqarida kim bilan yaqin munosabatga kirishishingizni tasavvur eta olasizmi?

a) ha (7 ball)

b) yo‘q (1 ball)

v) agar yaqin atrofda hech kim bo‘lmasa (5 ball)

14. Spirtli ichimliklar iste’mol qilasizmi?

a) yo‘q (1 ball)

b) ba’zida pivo ichib turaman (3 ball)

v) tez-tez (5 ball)

15. Xayolparastlik nima?

a) yaqinlikka olib boruvchi yo‘l (1 ball)

b) ba’zida ovunchoq vazifasini o‘tovchi vosita (3 ball)

v) bu narsa sevishga xalal beradi (5 ball)

16. Odamning sezgi a’zosi qaerda joylashgan?

a) yelkasida (6 ball)

b) oyog‘ida (2 ball)

v) boshida (3 ball)

17. Quyidagi manzillarning qay birida yillab yashashni istardingiz?

a) San-Frantsisko (6 ball)

b) Nitstsa (4 ball)

v) Florentsiya (2 ball)

18. Agar sehrgar sizni bir kunga hayvonga aylantirib qo‘ysa, quyidagi jonivorlarning qay birini tanlardingiz?

a) fil (4 ball)

b) sher (6 ball)

v) mushuk (5 ball)

g) ilon (1 ball)

d) to‘ti (2 ball)

e) ayiq (3 ball)

19. Qanday holatlarda ehtirosga to‘lasiz?

a) moda jurnallarini tomosha qilsam (5 ball)

b) go‘zal insonlarga boqsam (3 ball)

v) bilmadim (1 ball)

NATIJALAR:

23-49 ball. Siz o‘z hislaringizdan qo‘rqasiz. Nega bu testga qiziqib qoldingiz, hayronmiz.

50-76 ball. Hammasi yaxshi. Siz muhabbatga katta e’tibor berasiz. Suyukligingiz bilan birgalikdagi hayotingizga havas qilsa arziydi.

77-100 ball. Muhabbat siz uchun buyuk tuyg‘u. Faqat qaysi go‘zalni ko‘rib qolsangiz, o‘sha yoqqa chopib ketaverasiz. To‘xtang, oldin ortga bir nazar tashlab oling.

Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 2508 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: