Главная » 2009 » Iyul » 11 » T O L E ' N O M A
21:14:08
T O L E ' N O M A
QO‘Y

(21.03—20.04)


Ko‘nglingizdagi shubha-gumonlarga oydinlik kiritishga harakat qiling. Hayot siz o‘ylagandek zerikarli emas, uning qiziqarli va mazmunli bo‘lishi ko‘proq o‘zingizga bog‘liq. Tinimsiz mehnat va tashvishlardan qochib, maroqli dam olish rejasini tuzing. Omadli kunlar — juma va yakshanba. Ziddiyatli kun — seshanba.

BUZOQ

(21.04—21.05)


Bu hafta o‘zbilarmonlik bilan boshlagan ishlaringiz sizni og‘ir ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Ayrim muammolaringiz o‘z yechimini topsa-da, ular o‘rnini yangilari egallaydi. Ish borasida biroz mas’uliyatni oshiring. Aks holda rahbariyat bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Omadli kunlar — payshanba va juma. Ziddiyatli kun — dushanba.

EGIZAKLAR

(22.05—21.06)


Real munosabatlarni ko‘rib chiqishning vaqti keldi. Katta xaridlardan biroz cheklanib, mablag‘ni ko‘paytirish yo‘llarini qidiring. Yaqinlar bilan muomalada ehtiyot bo‘ling: ziddiyat chiqish ehtimoli bor. Tan-qidiy fikrlarni imkon boricha e’tiborsiz qoldirmang. Omadli kunlar — payshanba va yakshanba. Ziddiyatli kunlar — seshanba va shanba.

QISQICHBAQA

(22.06—22.07)


Maqsadingizni amalga oshirish uchun ko‘p kuch sarflashingiz va xarajat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Tadbirkorlik bobida omad siz tomonda, ammo atrofingizdagi voqea-hodisalarga e’tiborli bo‘ling va shaxsiy hayotingizni nazorat ostida ushlang. Omadli kunlar — seshanba, payshanba va juma. Ziddiyatli kunlar — chorshanba va shanba.

ARSLON

(23.07—23.08)


Qarama-qarshi istaklar iskanjasiga tushib qolasiz. Yangi loyihaga kirishishdan oldin kelajak rejalaringizga oydinlik kiritib oling. Asabiylashishdan saqlaning. Hafta so‘ngida quvonchli xabar va foydali hamkorlik kutmoqda. Omadli kunlar — juma va shanba.

PARIZOD

(24.08—23.09)


Bu hafta katta sovg‘a yoki kutilmagan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritasiz. Buning ta’sirida oiladagi muammolar ham barham topadi. Sizdagi huquqiy bilim chigalliklarni bartaraf etibgina qolmay moddiy manfaatingizni ham oshiradi. Omadli kunlar — chorshanba va juma. Ziddiyatli kun — shanba.

TAROZI

(24.09— 23.10)


Biron sohaga qiziqqan kishilar katta daromad olishlari mumkin. Shu bilan birga imijingizni ham o‘zgartirib ko‘rsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Ishdagi unumdorlik vaziyatga moslasha olishingizga bog‘liq bo‘ladi. Omadli kunlar — shanba va yakshanba.

CHAYON

(24.10 — 22.11)


Oqimga qarshi harakat qilmang. Birdaniga turli jabhalarda o‘zgarishlar yuz berib, yutqazib qo‘yishingiz mumkin. Yetakchilik qirralaringizni ishga solishga harakat qiling. Bugungi ishni keyinga qoldirmaslik ushbu haftadagi asosiy shioringiz bo‘lsin. Omadli kunlar — seshanba va juma. Ziddiyatli kunlar — chorshanba va shanba.

O‘QOTAR

(23.11—21.12
)

Bilim va tajribangizni oshirishga harakat qiling. Ish borasida o‘zingiz orzu qilgandek omad kutmoqda. Moliyaviy rejalaringizda oldinga siljish yuz beradi, bu borada sinchkovlik va ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermasangiz bas. Omadli kunlar — dushanba va juma.

TOG‘ ECHKISI

(22.12—20.01)


Haftani sog‘lomlashish va yasharish haftasi desangiz ham bo‘ladi. Hamma tashvishlarni unutib, faqat o‘zingiz uchun yashashni afzal ko‘rasiz. Sevgi bobidagi sarguzashtlar va quvnoq uchrashuvlar sizni befarq qoldirmaydi. Omadli kunlar — payshanba va juma.

QOVG‘A

(21.01—19.02)


Oldingizga qo‘ygan rejani amalga oshirish uchun qulay sharoitga ega bo‘lasiz. Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanib, uzoq safarga borishingiz ehtimoli mavjud. Bayramona kayfiyatni saqlab qolishga harakat qiling. Hafta mobaynida moliyaviy ishlarda unumdorlik yuqori bo‘ladi. Omadli kunlar — dushanba, chorshanba va yakshanba.

BALIQ

(20.02—20.03)


Mazkur hafta davomida ko‘proq uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lasiz. Hamkorlar bilan kelishmovchilik chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Bu hayotingizda bo‘lajak o‘zgarishlarda muhim o‘rin tutadi. Iloji boricha faollikni kuchaytirishingizni maslahat beramiz. Omadli kun — seshanba.


Категория: МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ | Просмотров: 1617 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: