Главная » 2009 » Iyul » 6 » Sardor Rahimxon Qashqadaryo viloyatida!
20:07:46
Sardor Rahimxon Qashqadaryo viloyatida!

Estradamizning mega yulduzi Sardor Rahimxon, mana ikki yillik tanaffusdan so'ng va nihoyat uzoq Qashqadaryo viloyatiga gastrol konsert dasturi bilan tashrif buyuradi. Bu Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi muxlislari uchun ajoyib sovg'a bo'lsa ajab emas. Konsert dasturi qachon bo'lishini esa hoziroq bilib olishingiz mumkin...

Sardor Rahimxonning konsert dasturi 15-16-17 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan katta stadionlarda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ushbu konsert dasturi "UzbekMedia" prodyusserlik markazi tomonidan amalga oshirilmoqda. E'tiborli tomoni shundaki, Sardor Rahimxonning konsert dasturi ushbu prodyusserlik markazining ilk ishi hisoblanadi. Konsert dasturida Sardor Rahimxon hali FM va TV da namoyish qilinmagan 6 ta yangi taronalarini ijro qiladi. Shuningdek, Sardor Rahimxonning ikki shogirdi Ja'far hamda Mustafo ham ushbu konsert dasturida o'ziga xos chiqish qilishadi.

Категория: ШОУ - БИЗНЕС ОЛАМИ | Просмотров: 1235 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: