Главная » 2009 » Iyun » 25 » KULING UMRINGIZ UZAYADI!!!!
13:10:17
KULING UMRINGIZ UZAYADI!!!!
Travmatologiya bo‘limi palatasida ikki bemor suhbatlashayapti: 

— Qaerda halokatga yo‘liqdingiz? 

— Garajga urilib ketdim. 

— Shunaqami? Unda mashinangiz pachoq bo‘lib ketgandir? 

— Yo‘q, uyga piyoda qaytayotgandim. 

J J J 

— Nega quyonni otdingiz? Siz ovchilar jamiyatiga a’zo emasdingiz-ku! 

— Nimaga tomorqamdagi karamlarni payhon qiladi? U ham mening oilamga a’zo emasdi. 

J J J 

Erkak do‘stiga maqtanayapti: 

— Frantsiyada bo‘ldim. Ishonasanmi, mehmonxonada yotib tugmachani bossang, ayol kirib keladi. 

— Picha dam olibsan-da?! 

— Nega picha bo‘larkan? Men uni o‘zim bilan olib keldim. 

— Ayolni-ya? 

— Yo‘q, tugmachani. 

J J J  

— Hozirgi yoshlarni qarang: sochlari kesilgan, kalta yubkalarda yurishadi. Yigit bilan qizni farqlab bo‘lmay qoldi. Ana, anavi nusxaga qarang! 

— Kechirasiz, u mening qizim! 

— Ie, shunaqami? Uzr, siz uning otasi ekaningizni bilmabman. 

— Nima? Men otasimas, onasiman! 

J J J  

— Yuzingga nima qildi? 

— Pashsha chaqdi. 

— Bitta pashsha shunchalik yomon chaqdimi? 

— O‘lishidan oldin sheriklarini ham yordamga chaqirib yubordi-da! 

J J J 

Muxbir qariyadan so‘radi: 

— Siz ob-havoning yaxshi-yomonligini qanday bilasiz? 

— Daryoning narigi sohilini ko‘rayapsanmi? 

— Ko‘rayapman. 

— Men ham ko‘rayotgan bo‘lsam, demak, yaqin orada yomg‘ir yog‘ishi kerak. 

— Ko‘rmayotgan bo‘lsangiz-chi? 

— Yomg‘ir allaqachon boshlangan bo‘ladi. 

J J J 

Erkak yangi yil kechasi qo‘liga miltig‘ini olib, ko‘chaga chiqdi va bir marta o‘q uzgach, ichkariga kirib bolalariga dedi: 

— Bolalar, men hozirgina bilmasdan qorboboni otib qo‘ydim! 

J J J 

Ikki tanish uchrashib qolishdi. 

— Nega xomushsan? 

— Uyimdagi suvaraklar qo‘shnining suvaraklariga urush e’lon qilishdi. 

— Unda xursand bo‘lishing kerak. Bir-birini o‘ldirib yuborishadi. 

— Yo‘q, ular yuzta suvarakni asir qilib, menikiga olib kelishdi.


Категория: Hajviya / Юмор | Просмотров: 1522 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: