Главная » 2009 » Iyun » 25 » «O‘ZINGIZGA QANCHALIK ISHONASIZ?»
12:40:49
«O‘ZINGIZGA QANCHALIK ISHONASIZ?»
O‘ziga ishonish yoxud ishonmaslik bu odamning ichki holatidir. Kimdir har bir ishni amalga oshirishga, muammolarni o‘z vaqtida hal etishga doim tayyor turadi. Kimlardir buning aksi. Ana shu holatni aniqlamoqchi bo‘lsangiz, testni yeching. 

Quyidagilardan o‘zingizga ma’qulini tasdiqlang. 

1. Boshqalar menga nisbatan o‘ziga ko‘proq ishonadi. 

2. O‘zimga unchalik ishonmasligimdan bo‘lsa kerak, uchrashuv belgilash yoxud belgilangan uchrashuvga borishga ikkilanib qolaman. 

3. Agar oshxonadagi ovqat yoqmasa, albatta, bu maskanning xodimlariga fikrimni aytaman. 

4. Meni haqorat qilishsa-da, boshqalarni xafa qilishdan o‘zimni olib qochaman. 

5. Sotuvchi menga yoqmaydigan molni ko‘rsatib, xarid qilishni taklif eta boshlasa, yo‘q deyishga o‘zimda kuch topa olmayman. 

6. Mendan qaysidir ishda yordam so‘rashsa, buning mohiyatini surishtirishga tushaman. 

7. Hayotda bahonalar to‘qishga ham to‘g‘ri kelib turadi. 

8. Boshqalar singari men ham hayotda oldingi safda bo‘lishga intilaman. 

9. To‘g‘risi, odamlar mendan o‘z manfaatlari yo‘lida ko‘p foydalanishadi. 

10. Yangi tanishlar bilan suhbatlashsam, maza qilaman. 

11. O‘zimga yoqadigan ayol qarshisida ko‘pincha gap topolmay qolaman. 

12. Tashkilot yoxud korxonaga qo‘ng‘iroq qilish zarur bo‘lsa, tezda bir qarorga kelolmay qiynalaman. 

13. Ishga joylashmoqchi bo‘lsam, rahbar bilan yuzma-yuz bo‘lgandan ko‘ra, arizamni pochta orqali jo‘natib qo‘ya qolishni ma’qul ko‘raman. 

14. Xarid qilgan buyum yoqmasa, qaytarib berishga uyalaman. 

15. Yaqinlarimdan kimdir meni xafa qilsa, janjallashgandan ko‘ra indamay qo‘ya qolaman. 

16. Ahmoq deb o‘ylamasliklaridan qo‘rqib, boshqalarga savol beravermayman. 

17. Birov bilan bahslashmayman. Hayajondanmi, qo‘rquvdanmi, titroq bosishidan qo‘rqaman. 

18. Taniqli olimning fikri menga ma’qul kelmasa, yig‘ilganlarni fikrim bilan o‘rtoqlashishga majbur etaman. 

19. Sotuvchilar bilan narxlar xususida bahslashishdan qochaman. 

20. Qandaydir foydali ish qilsam, boshqalarni ham, albatta, boxabar etaman. 

21. Mening ko‘nglim ochiq va to‘g‘ri so‘zlilik tarafdoriman. 

22. Kimdir g‘iybatimni qilsa, o‘shani topib, gaplashib qo‘yaman. 

23. Ko‘pincha birovlarga “yo‘q” javobini berolmay halak bo‘laman. 

24. Jahlimni ichimga yutishga, janjal ko‘tarmaslikka urinaman. 

25. Oshxonada ko‘ngildagidek xizmat ko‘rsatishmasa, yuqori lavozimdagi shaxslarga arz qilaman. 

26. Meni maqtashsa, o‘zimni yo‘qotib qo‘yaman. 

27. Majlis yoxud teatrda yonimdagilar baland ovozda gaplasha boshlasa, tanbeh beraman. 

28. Navbatda turganimda kimdir mendan oldinga o‘tib ketsa, albatta, “ulush”ini oladi. 

29. Men hamisha o‘z fikrimni zudlik bilan bildirishga odatlanganman. 

30. Shunday paytlar bo‘ladiki, bir og‘iz ham so‘zni tilimga ko‘chirolmay qiynalaman. 

NATIJALAR: 3, 6, 7, 8, 10, 18, 20, 21, 22, 25, 27, 28, 29 savollarni tasdiqlagan, 1, 2, 4, 9, 11, 12, 17, 19, 23, 24, 26, 30 savollarni tasdiqlamagan bo‘lsangiz, har biriga bir balldan qo‘ying. 

Agar 10 balldan yuqori bo‘lsa: O‘zingizga unchalik ishonmaysiz. O‘z istaklaringizni mustaqil amalga oshirishga qo‘rqasiz. 

10 dan 20 ballgacha: O‘ziga ishonish bobida o‘rta o‘rinlarni egallaysiz. Siz o‘zingizni xafa qilganlarga o‘z vaqtida javob qaytara olasiz. Ammo ko‘pincha jim turishni ma’qul ko‘rasiz. O‘z yog‘ingizda qovurilib o‘tiraverasiz. Qarama-qarshi harakatlar qilishga o‘zingizda kuch topolmay qolasiz. 

20 balldan yuqori: Siz o‘zingizga qattiq ishonadigan odamsiz. Vaqti kelganda, bosiqlik bilan ish tutasiz. Zarur bo‘lib qolsa, sira o‘ylab o‘tirmay tegishli qaror chiqara olasiz. Haqiqatga qarshi borishlariga toqat qila olmaysiz. Bir so‘z bilan aytganda, o‘zingizni o‘zingiz erkin nazorat etish qobiliyatiga egasiz. 


Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 1947 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: