Главная » 2009 » Iyun » 25 » MUNAJJIMLAR BASHORATI
12:32:28
MUNAJJIMLAR BASHORATI
     QO‘Y 

(21.03—20.04) 


Hafta omadli kunlar bilan boshlanadi. Barcha shartnoma va takliflarni jadallik bilan ishga soling. Ehtiyot bo‘ling, hayajon va ehtirosga berilsangiz, muammolar changaliga tushasiz. Shaxsiy hayotingizga katta o‘zgarishlar kirib keladi.  

    BUZOQ 

(21.04—21.05) 


Moliyaviy tomondan ijobiy o‘zgarishni qarshi olasiz. Hafta osoyishtalik va’da qilmoqda. Muhabbat bobidagi sarguzashtlarni yaqinlaringizdan sir tutishni maslahat beramiz, yo‘qsa noqulay holatga tushib qolishingiz mumkin. 

  EGIZAKLAR 

(22.05—21.06) 


Hayotingizda katta o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Hamkasblaringiz ishonchini suiste’mol qilmang. Sizdagi imkoniyatlarning o‘zi katta ishlarni amalga oshirishga yetarli ekanligiga ishoning. Kutilmaganda xushxabar kelib qolish ehtimoli mavjud. 

QISQICHBAQA 

(22.06—22.07) 


Imkon boricha ehtiyotkorroq bo‘ling. Oilaviy muammolarni hafta oxirigacha bartaraf etishga harakat qiling. Hafta so‘ngida yangidan-yangi omadli ishlarga qo‘l urasiz. Safar va tijorat ishlariga befarq bo‘lmang. Xayrli kunlar — seshanba va chorshanba. 

    ARSLON 

(23.07—23.08)
 

Oldinda sizni qancha yumushlar va mas’uliyat kutib turganini unutmang. Shu sabab rejalaringiz amalga oshishini qattiq nazorat qilmasangiz bo‘lmaydi. Ish joyingizda sizga nisbatan ochiqdan-ochiq qarama-qarshiliklar bo‘lishi mumkin. Omadli kunlar – juma va yakshanba. 

    PARIZOD 

(24.08—23.09) 


Yutuqlaringiz haqida duch kelgan kishiga so‘zlayvermang. Aks holda ziddiyatlar girdobiga tushib qolishingiz mumkin. Hafta so‘ngida ishqiy sarguzashtlar kutmoqda. Sizga yoqtirgan narsangizni hadya qilishlari mumkin. Omadli kunlar — dushanba va juma. 

      TAROZI 

(24.09— 23.10)
 

Ushbu haftada sizni anchadan beri tashvishga solayotgan kelishmovchiliklarni hal etasiz. Biroq oqimga qarshi harakat qilmang. Aks holda kuch-g‘ayratingiz sizga pand berishi mumkin. Zimmangizdagi oilaviy yumushlarga befarq bo‘lmang. Omadli kunlar — seshanba, payshanba va juma. Ziddiyatli kunlar — dushanba, chorshanba va yakshanba. 

    CHAYON 
 
(24.10 — 22.11)
 

Hafta romantik uchrashuvlarga boy bo‘ladi. Omad qushi boshingiz uzra javlon urib turibdi. Ehtirosga berilmay jiddiy ishlarga qo‘l uring. Iloji boricha yaqinlaringiz ko‘nglini olishga harakat qiling. Ijod va sayohat uchun qulay hafta. Omadli kunlar – payshanba va juma. Ziddiyatli kun — seshanba. 

    O‘QOTAR 

(23.11—21.12) 


Hayot quvonch va tashvishlardan iborat. Shu sabab ba’zi sinovlarga duch kelishingiz mumkin. Ichki tuyg‘ularingizga ishonchsiz bo‘lmang va o‘zingizni doim tetik tutishga harakat qiling. Atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarda xushmuomala bo‘lishga harakat qiling. Omadli kunlar — chorshanba, payshanba va shanba.  

TOG‘ ECHKISI 

(22.12—20.01)
 

Bu hafta butun diqqatingizni ishga qaratasiz. Qanday ishga qo‘l urmang pishiq va rejali bo‘lishga harakat qiling. Moliyaviy jihatdan omadli hafta. Biznes ishlaringizni imkon qadar shu haftada boshlaganingiz ma’qul. Omadli kunlar — dushanba, juma va yakshanba. Ziddiyatli kun — payshanba. 

     QOVG‘A 

(21.01—19.02) 


Hafta boshidan ko‘proq sog‘lig‘ingizga e’tibor bering. “Sog‘liq — tuman boylik” ekanligini unutmang. Taqdir sinovlariga tayyor turing. Biroq havotirga o‘rin yo‘q, barcha ishlar ko‘ngildagidek amalga oshishi kutilmoqda. Omadli kunlar — chorshanba va yakshanba. Ziddiyatli kun — seshanba.  

      BALIQ 

(20.02—20.03) 


Imkoniyatlaringizga ortiqcha ba’ho berayotganligingiz bois kasbiy muammolar sodir bo‘lishi kutilmoqda. Ishda oldinga siljish ichki tartib-intizom va samarali harakatga bog‘liqligini unutmang. Hafta so‘ngida kutilmagan sovg‘a kutmoqda. Omadli kunlar — seshanba va juma.  


Категория: МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ | Просмотров: 4594 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: