Главная » 2009 » Iyun » 23 » «SIZ HECH KIMGA O‘XSHAMAYSIZ»
16:48:49
«SIZ HECH KIMGA O‘XSHAMAYSIZ»

Hozirgi davrda o‘zini bosh-qalardan ustun qo‘yuvchi, “Men hammadan boshqachaman”, deya hisoblovchilar ko‘payib ketgan. Ayniqsa, qizlarimizning ko‘pchiligi kiyinish, ko‘chada yurish bobida yevropaliklarni ham ortda qoldirib ketishdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ular kerak bo‘lsa, maslahat beruvchini maslahat berganlariga pushaymon etishga-da tayyordirlar. 



Ushbu test o‘shanday qizlarni kamsitish, tanqid qilish uchun mo‘ljallanmagan. Ayollarimiz o‘zlarining g‘ayrioddiy jihatlarini bir tekshirib olishsin dedik, xolos.  





1. Siz shunday hazil qilasizki, hazilingizni hech kim tushunmaydi. 

— doimo — 4 ball 

— tez-tez— 3 ball 

— gohida— 2 ball 

— kamdan-kam — 1 ball 

— hech qachon — 0 ball 

2. Agar iloji bo‘lganda jamoa orasida emas, yolg‘iz o‘zingiz ishlardingiz. 

— doimo — 4 ball 

— tez-tez — 3 ball 

— gohida — 2 ball 

— kamdan-kam — 1 ball 

— hech qachon — 0 ball 

3. Siz xalqona qo‘shiqlarni, odatlarni yomon ko‘rasiz. Yevropacha yashashni istaysiz. 


— doimo — 4 ball 

— tez-tez — 3 ball 

— gohida — 2 ball 

— kamdan-kam — 1 ball 

— hech qachon — 0 ball 

4. Siz jamiyat qonunlarini buzgan holda o‘zingizga yoqqan maromda faoliyat yuritishni ma’qul ko‘rasiz. Oqibatda do‘stlaringiz kamayib ketishiga ham achinmaysiz. 


— doimo — 4 ball 

— tez-tez — 3 ball 

— gohida — 2 ball 

— kamdan-kam — 1 ball 

— hech qachon — 0 ball 

5. Atrofdagilarning fikrini inobatga olib o‘tirmay, xayolingizga kelgan gaplarni qo‘pollik bilan aytib tashlayverasiz. 

— doimo — 4 ball 

— tez-tez — 3 ball 

— gohida — 2 ball 

— kamdan-kam — 1 ball 

— hech qachon — 0 ball 

6. Aqlli fikrni faqat qandaydir foydali ish yoxud kimdadir yaxshi taassurot qoldirish uchungina aytasiz. 


— bu haqiqat — 4 ball 

— bu gapda picha jon bor — 3 ball 

— unday emas — 2 ball 

— men haqimda bunday deyish noto‘g‘riroq bo‘ladi — 1 ball 

— g‘irt yolg‘on — 0 ball 

7. Uydagilaringiz qarshi bo‘lishsa-da, g‘ayrioddiy hayot kechiruvchilar bilan birga bo‘lishni xush ko‘rasiz. 


— haqiqat — 4 ball 

— bu gapda picha jon bor — 3 ball 

— unday emas — 2 ball 

— men haqimda bunday deyish noto‘g‘riroq bo‘ladi — 1 ball 

— g‘irt yolg‘on — 0 ball 

8. Ichki olamingiz bo‘m-bo‘sh. 


— haqiqat — 4 ball 

— bu gapda picha jon bor — 3 ball 

— unday emas — 2 ball 

— men haqimda bunday deyish noto‘g‘riroq bo‘ladi 

— g‘irt yolg‘on — 0 ball 

9. Sizning barchadan sir tutadigan g‘ayrioddiy mashg‘ulotlaringiz bor. 

— haqiqat — 4 ball 

— bu gapda picha jon bor — 3 ball 

— unday emas — 2 ball 

— men haqimda unday deyish noto‘g‘riroq bo‘ladi — 1 ball 

— g‘irt yolg‘on — 0 ball 

10. Siz odamning g‘ashiga tegadigan kiyimlarni kiyib, unda o‘zingizni juda erkin tuta olasiz. 


— haqiqat — 4 ball 

— bu gapda picha jon bor — 3 ball 

— unday emas — 2 ball 

— men haqimda bunday deyish noto‘g‘riroq bo‘ladi — 1 ball 

— g‘irt yolg‘on — 0 ball 

NATIJALAR: 


8 ball va undan kam. Siz juda kamtar insonsiz. Yaratgan sizga shu qadar ko‘p yaxshi jihatlarni ato etganki, ularni boshqalar oldida oshkor etishga qo‘rqasiz. 

9-16 ball. Ba’zi g‘ayrioddiy jihatlaringiz yo‘q emas. Ammo me’yorni bilasiz. Bu jihatlaringiz to‘liq oshkor bo‘lishi uchun yo kimnidir qattiq sevib qolishingiz yoki o‘lim xavfi ostida qolishingiz kerak. Ungacha o‘zingizni boshqalardan ko‘ra boshqacharoq deya hisoblamaysiz. 

17-24 ball. Siz ikki hayotni kechirasiz. Biri jamiyat, ikkinchisi o‘zingiz uchun. Faqat aqlli kishilargina shunday yo‘l tutishlari mumkin. 

25-32 ball. Shu qadar o‘zingizni boshqalardan ustun qo‘yasizki, me’yorni unutgansiz. Ko‘zingizga dunyodagi barcha narsalar g‘ayrioddiy ko‘rinadi. 

33 va undan ortiq ball. Umumiy me’yorlar siz uchun yo‘q hisob. O‘zingizga yoqqan holda yashashni xush ko‘rasiz. Birovlarning tanqidi ham, maslahat-fikrlari ham sizni qiziqtirmaydi. Bunday lahzalarda “aybdor”ga qarab turib ensangiz qotadi. Ko‘zni kattaroq oching. Balki, yorug‘ dunyo o‘zgacharoq manzara kasb etar.


Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 1670 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: