Главная » 2009 » Iyun » 17 » LATIFA
10:53:11
LATIFA
Ishdan qaytgan er xotiniga baqirdi: 

— Yana ovqat tayyor emasmi? Men itday ochman! Bo‘ldi, r 

estoranga ketdim! 

— Voy, besh daqiqa sabr qilib turing! 

— Nima, besh daqiqada ovqatni tayyor qilishga ulgurarmiding? 

— Yo‘q, kiyinishga ulguraman. 

J J J 

Vrach bemorga dedi: 

— Sizga ichish, chekish, begona ayollar bilan munosabatda bo‘lish taqiqlanadi. 

Bemor o‘zicha o‘yladi: 

«Xotinim qurmag‘ur shu yergayam kelib ketdimi deyman?» 

J J J 

O‘ttiz yil uchrashmagan ikki tanish ko‘rishib qolishdi. Biri o‘n olti farzandli bo‘lgan. Narigisi undan so‘radi: 

— Xotining bilan ahil yashayapsan, shekilli, a? 

— Bu nima deganing? Men xotinimdan olovdan qo‘rqqanday qo‘rqaman. 

— Nega unda bolani ko‘paytirib yubording? 

— Xotinim o‘qlov olib yugurganda ularning orasiga berkinib olish osonroq. 

J J J  

Xizmat safaridan qaytgan er xotiniga dedi: 

— Men nikoh uzugimni yo‘qotib qo‘ydim. 

— Qanaqasiga? Qanday qilib uni yo‘qotish mumkin? 

— O‘zing aybdorsan! Men senga bir yildan beri cho‘ntagim teshilib qolibdi, deyman. Sen e’tibor qilmaysan! 

J J J  

— Dugonajon, ering bilan yarashmoqchi emishsanmi? Nima, ajrashganlaringdan keyin yaxshi tomonga o‘zgaribdimi? 

— Ha, ilgari oddiy xodim edi, hozir zavodga direktor bo‘libdi. 

J J J  

Tug‘ruqxonada. Hadeganda xotinining ko‘zi yorimayotgan er o‘zicha g‘udranayapti: 

— Doim kuttirgani-kuttirgan. To‘qqiz oyda dedimi, nega tug‘a qolmaydi? Bir soatdan beri kutib o‘tiribman-a! 

J J J 

— Qo‘shnijon, erimdan xavotirdaman. Mushuk kosadagi qaymoqni yeb qo‘ygan ekan, daryoning eng chuqur joyiga cho‘ktirish uchun olib ketgandi. Haliyam qaytmadi. 

— Nega xavotir olasiz? Qaytadi. 

— Voy, nega xavotir olmay? Mushukning qaytganiga bir soatdan oshdi axir! 

J J J 

Ikki tanish suhbatidan: 

— Nima qilishni bilmay qoldim. Pullarimni qaerga berkitmay, xotinim, baribir, topib olaveradi. 

— Meniki bo‘lsa, topa olmaydi. To‘yimizdan beri pul yashirgan joyimga qarab ham qo‘ymagan. 

— Qaerga yashirasan? 

— Yirtiq paypoqlarim orasiga. 

J J J  

— Dadasi, olib kelgan qushingiz juda chiroyli sayrarkanmi? 

— Albatta. Chunki uning hech kimdan qarzi yo‘q, tishi og‘rimaydi va, eng asosiysi, uylanmagan.

Категория: Hajviya / Юмор | Просмотров: 1288 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: