Главная » 2009 » Iyun » 17 » «YOSHINGIZ NECHADA?»
10:48:34
«YOSHINGIZ NECHADA?»

Barchaga ma’lumki, odamning ham biologik, ham ruhiy yoshi doimo hisobga olinadi. Biologik yosh inson qancha yashagani bilan belgilansa, psixologik yosh uning ichki kayfiyati bilan bog‘liqdir. Quyidagi testni yechib, siz ham aniq yoshingizni belgilab oling.

1. Mashinada kim bilandir uchrashish uchun shoshib ketayotib, notanish joylarda adashib qolsangiz, qanday yo‘l tutasiz? 

a) picha jahlim chiqadi. Ammo pivo sotiladigan do‘konga ko‘zim tushsa, tamom, qaerga ketayotganimni ham unutaman. (1 ball) 

b) o‘tirib, bahona o‘ylay boshlayman. (3 ball) 

v) yonimda hamisha xarita bo‘ladi. Shu xarita bo‘yicha boradigan manzilni izlayman (2 ball) 

g) o‘zimni bosib olmaguncha hech qaerga qimirlamayman (0 ball) 

2. Tanishingizning kayfiyati tushkun, ko‘ngli xijil bo‘lib yuribdi. Qanday maslahat berasiz? 

a) vrachga ko‘rinishni (2 ball) 

b) uydagi jihozlar joyini almashtirish va ro‘zg‘or uchun qandaydir kerakli buyum xarid qilishni (0 ball) 

v) ma’lum muddat uyga qamalib olib, hech kim bilan muloqot qilmaslikni (3 ball) 

g) parashyutdan sakrash yoki qaerlargadir sayohatga jo‘nab ketishni (1 ball) 

3. Sizda kutilmaganda unchalik qimmat bo‘lmagan sport mashinasini sotib olish imkoniyati tug‘ildi. Nima qilasiz? 

a) tanishlarimning hasaddan kuyib-yonishlari uchun sira o‘ylab o‘tirmay, xarid qilaman (1 ball) 

b) xarid qilmayman. Negaki, hali o‘zimni bunday buyumlar sotib olish yoshiga yetgan deb hisoblayman (0 ball) 

v) obro‘ uchun, albatta, sotib olaman (2 ball) 

g) shunday imkoniyat yoshlikda nasib etmagani uchun xafa bo‘laman va sotib olishdan bosh tortaman (3 ball) 

4. Yangi uyga ko‘chib o‘tdingiz-u, tanishlaringiz sizga kattakon ko‘zgu sovg‘a qilishdi. Aytishlaricha, bu ko‘zgu sizga juda zarur emish. Xo‘sh, nima qilasiz? 

a) yoshim ulg‘ayganiga sha’ma qilishayapti, deb o‘ylab, biroz xafa bo‘laman (0 ball) 

b) menga bu yoshimni hisobga olganda katta xushomad deya hisoblab, xursand bo‘laman (1 ball) 

v) bu juda yaxshi sovg‘a. Endi menga bor bo‘yimni ko‘rib turish imkoni tug‘ildi (2 ball) 

g) ko‘zguni barchaning ko‘ziga yaqin joyga joylashtirish harakatiga tushaman (3 ball) 

5. Hamkasbingiz siz bilan yozda oilasi hamrohligida qandaydir dala hovliga borib, dam olish xususida maslahatlashmoqchi. Qanday maslahat berasiz? 

a) birinchi navbatda dala hovli emas, birgalikda dam olsa arziydigan ulfatlar topishni (1 ball) 

b) zamonaviy, shahardan uncha uzoq bo‘lmagan joydan dala hovli topishni (2 ball) 

v) rassomlar to‘xtaydigan joylardan dala hovli topishni. Negaki, rassomlar eng bahavo joylarni tanlashadi (3 ball) 

g) dala hovli qidirib yurgandan ko‘ra, olis yurtlarga sayohatga borishni maslahat berardim (0 ball) 

6. Uyingizga mehmon bo‘lib kelgan do‘stlaringiz sizga ko‘pincha nima sovg‘a qilishadi? 

a) ro‘zg‘orda asqotadigan buyumlarni (2 ball) 

b) hazil tariqasida yumshoq o‘yinchoqlar, kulgini qistatadigan buyumlarni (1 ball) 

v) qadimiy buyumlarni yoqtirishimni bilib, qaerdan bo‘lmasin noyob sovg‘a topib kelishadi (3 ball) 

g) hech qachon nafi tegmaydigan ekzotik buyumlarni sovg‘a qilishadi (2 ball) 

7. O‘zingizni xursand qilish niyatida do‘konga bordingiz. Nima xarid qilasiz? 

a) qadimiy kumush taqinchoqlar bilan bezatilgan ko‘ylakni (3 ball) 

b) sport kiyimlariga o‘xshab ketadigan yengil kiyimlarni (1 ball) 

v) do‘konda uzoq vaqt kezib yurishni yoqtirmayman. Shu sababli uchragan birinchi kiyimni kiyib ko‘raman-u, xarid qilib qo‘ya qolaman (0 ball) 

g) qimmatbaho kiyimni (2 ball) 

8. Tanishlaringizdan biri yaxta sotib olib, sizni sayrga taklif qildi. Birdan bo‘ron turdi. Ma’lum bo‘lishicha, yaxtani hech kim boshqara olmas ekan. Nima qilasiz? 

a) boshqaruvni o‘z qo‘limga olaman (0 ball) 

b) kayfiyatni ko‘tarish uchun qittay-qittay qilib, yaxta xo‘jayinining harakatlarini zimdan kuzataman (1 ball) 

v) shu kunni alamdan chiqquncha qarg‘ayman (3 ball) 

g) qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilaman (2 ball) 

NATIJALAR: 

16 va undan ortiq ball. Siz boshqalar ko‘ziga yoshingizga nisbatan kattaroq ko‘rinasiz va o‘zingizni ham shunday tutishga o‘rgangansiz. O‘tmishni yodga olishni yoqtirasiz. 

11 dan 15 ballgacha. 

Har bir ishni o‘z vaqtida bajarishingizga qaraganda, yoshingizga mossiz. Hatto ba’zilar sizga hasad ham qilib qo‘yishadi. 

6 dan 10 ballgacha. 

Hali bolaga o‘xshaysiz. Hech bir ishga mustaqil kirishib keta olmaysiz. 

5 balldan kam. 

Afsuski, bu testni yechishga siz uchun hali erta ekan.

Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 3093 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 1
0  
1 LOBAR   (2010-04-03 22:38:25) [Материал]
zo'r test >>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>> malachina

Имя *:
Email *:
Код *:
WwW.Shaxrisabz.ucoz.ru Portali Barcha xuquqlar rezervlab qo'yilgan |