Главная » 2009 » Iyun » 17 » TOLE'NOMA
10:42:59
TOLE'NOMA
      QO‘Y 

(21.03—20.04)
 

Bu hafta sizga munosabatlarda uyg‘unlik va moliyaviy ishlarda omad keltiradi. To‘y va tantanalarning ayni vaqti. To‘planib qolgan muammolar yechimini topishni paysalga solmang. Ish borasida tortinchoqlik qilsangiz, yutqazasiz. Omadli kunlar — chorshanba va payshanba. Og‘ir kun — seshanba. 

     BUZOQ 

(21.04—21.05)
 

Shoshma-shosharlik va zo‘rakilik bilan erishgan yutug‘ingiz maza bermasligi mumkin. Shu sabab halol yo‘lni tanlang. Ichki sezgingiz kuchayib, voqealarning kutilmagan yo‘nalishiga ham tayyorgarlik ko‘ra olasiz. Barcha imkoniyatlar sizga xizmat qiladi. Omadli kunlar – juma va yakshanba. Ziddiyatli kunlar — chorshanba va shanba.  

  EGIZAKLAR 

(22.05—21.06) 


 Ushbu hafta kayfiyatingizni ko‘taruvchi voqealarni qarshi olasiz. Ishga oid masalalarni ko‘rib chiqish uchun qulay palla. Ijod borasida ham o‘zingizni namoyon qila olasiz. Mansabingiz bilan bog‘liq muammo ham o‘z-o‘zidan chetga suriladi. Har qanday vaziyatda shijoatning susayishiga yo‘l qo‘ymang. Muvaffaqiyatli kunlar – seshanba va shanba. Ziddiyatli kun — dushanba.  

QISQICHBAQA 

(22.06—22.07) 


Oiladagi muhit yaxshi tomonga o‘zgarishi mumkin. O‘z kuchingiz va irodangizga ishonsangiz bo‘ladi. Sevgi bobida ajoyib sarguzashtlar kutmoqda. Shuningdek, sog‘lig‘ingiz uchun qilgan sa’y-harakatlaringiz ham samarasiz ketmaydi. Moliyaviy xarajatlarda me’yor saqlashni maslahat beramiz. Omadli kunlar – dushanba, payshanba va juma. Og‘ir kun — yakshanba. 

    ARSLON 

(23.07—23.08) 


Huquqiy muammolardan cho‘chimang, omad siz tomonda. Arslonlarga tavakkalchilik muvaffaqiyat keltiradi. Shuningdek, hafta so‘ngidagi safarlar ham ijobiy bo‘ladi. Turli ko‘ngilxushliklarni yig‘ishtirib, kelajak haqida jiddiy qayg‘uring. Muvaffaqiyatli kunlar – seshanba, payshanba va yakshanba. Og‘ir kun — chorshanba. 

    PARIZOD 

(24.08—23.09)
 

Haftaning boshlanishi unchalik omadli bo‘lmasa-da, tashabbusni susaytirmang. Ko‘nglingiz nimani istayotganingizni his qilsangiz bas. Foydasi tegishi mumkin bo‘lgan tanishlaringizdan unumli foydalaning. Muvaffaqiyatli kunlar — chorshanba, payshanba va shanba. Og‘ir kun — yo‘q. 

     TAROZI 

(24.09— 23.10)
 

Hayotingizda bo‘ladigan voqealarni oldindan seza boshlaysiz. Vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish ko‘proq o‘zingizga bog‘liq. Kasbiy faoliyatingizda jiddiy o‘zgarish kuzatilmaydi. Sevgi borasida jiddiy qarorga kelishga majbur bo‘lasiz. Omadli kunlar — dushanba va yakshanba. Og‘ir kun — payshanba. 

     CHAYON 

(24.10 — 22.11) 


Maslahat bilan qilingan ish yaxshi foyda keltiradi. Eng murakkab vaziyatlar ham sizda muammo tug‘dirmaydi. O‘zingizdagi yetakchilik qirralarini ishga solishga harakat qiling. Hozirgi ishni keyinga qoldirmaslik bu haftadagi asosiy shioringiz bo‘lsin. Omadli kunlar – seshanba va chorshanba. Og‘ir kunlar — dushanba va yakshanba. 

    O‘QOTAR 

(23.11—21.12) 


Har qanday ishni tashkil qilishga qodirsiz, faqat qulay vaziyatlardan foydalanishning uddasidan chiqsangiz bas. Sizga qarata aytilgan hazil va kesatiqlarga e’tibor bermang. Shaxsiy hayotingizdagi omad harakatingizga bog‘liq. Omadli kun — chorshanba. 

 TOG‘ ECHKISI 

(22.12—20.01)
 

Moliyaviy muammolardan yiroqdasiz. Rejalashtirgan barcha loyihalaringiz muvaffaqiyatli yakun topadi. Nimalarga qodirligingizni isbotlash uchun qulay payt yuzaga kelsa-da, qo‘pol hazil qilishdan tiyiling. Chunki atrofingizdagilar noto‘g‘ri xayolga borishi mumkin. Omadli kunlar – payshanba va juma. Ziddiyatli kun — seshanba. 

     QOVG‘A 

(21.01—19.02)
 

Muammolar kayfiyatingizni buzishi mumkin. Shu sabab ishdagi unumdorlik sezilarli pasayadi. Ammo tashvishlar moddiy kirimga ta’sir qilmaydi. Yaqinlaringiz bilan munosabatlarni yaxshilasangiz bas. Sevgi bobida omadli damlar kutmoqda. Omadli kunlar — dushanba, juma va shanba. Og‘ir kun — seshanba. 

      BALIQ 

(20.02—20.03)   


Rahbariyat va sheriklar bilan munosabatlardagi uyg‘unlik sizga haqiqiiy lazzatbaxsh onlarni taqdim etadi. Mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatingiz oshadi. Bu kelgusidagi farovonlik va to‘kinlik uchun poydevor vazifasini bajaradi. Omadli kunlar — juma, shanba va yakshanba. Ziddiyatli kunlar — dushanba va chorshanba.  

Категория: МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ | Просмотров: 1960 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: