Главная » 2009 » Iyun » 7 » YOSTIQDOSHGA YOLCHIGANMISIZ?
17:50:15
YOSTIQDOSHGA YOLCHIGANMISIZ?
Dunyoda shunday ayollar borki, tamomila baxti kulgan. Eri kir yuvadi, ovqat tayyorlaydi, bolalarga qaraydi. Ammo bu narsa barcha erkaklarga ham yoqib tusharmikan? Balki, muhabbatning lazzati ham ana shundadir? 

Ushbu test mana shu masalaning yechimini topishda ko‘mak bersa ajab emas. 


1. Siz nonushta tayyorlaysizmi? 

a) ha (3 ball); 

b) yo‘q (1 ball). 

2. Dam olish kunlari ovqat tayyorlashingizga to‘g‘ri kelib turadimi? 

a) ha (3 ball); 

b) yo‘q (1 ball). 

3. Xotiningizga  bozordan, do‘kondan oziq-ovqatlar sotib olishda yordam berasizmi? 

a) ha (3 ball); 

b) yo‘q (1 ball). 

4. Oilangizni moddiy tomondan ta’minlab qo‘ya olasizmi? 

a) ha (3 ball); 

b) gohida (2 ball); 

v) yo‘q (1 ball). 

5. Xotiningizga uy yig‘ishtirishda ko‘mak berasizmi? 

a) ha (3 ball); 

b) ba’zida (2 ball); 

v) yo‘q (1 ball). 

6. Oshxonadagi yumushlar osonlashishi uchun turli choralarni topib qo‘yganmisiz? 

a) ha (3 ball); 

b) yo‘q (1 ball). 

7. Uyda lampochka kuyib qolsa, almashtirasizmi? 

a) ha (3 ball); 

b) yo‘q (1 ball). 

8. Xotiningiz sartaroshxonaga ketib, ovqat tayyorlash sizning chekingizga tushsa, jahlingiz chiqadimi? 

a) ha (1 ball); 

b) ba’zida (2 ball); 

v) yo‘q (3 ball). 

9. Xotiningiz ishdan kech qaytsa, achchiqlanasizmi? 

a) ha (1 ball); 

b) yo‘q (3 ball). 

NATIJALAR: 

26 dan 30 ballgacha. Xotiningizning omadi bor ekan. Siz uy yumushlaridan umuman qochmaysiz. Xotiningiz mamnun bo‘lsa, siz shundan zavq olasiz. 

16 dan 25 ballgacha. Uy yumushlariga sira yaqin bormaysiz. Basharti turmush o‘rtog‘ingiz iltimos qilsa, bosh tortmaysiz. 

10 dan 15 ballgacha. Pol yuvish, ovqat tayyorlash, bolalarga qarash?.. Yo‘q, bu sizning vazifangizga kirmaydi. Buni ayollar bajarishini istaysiz. Mabodo dam olish kunlari mehmonga bir o‘zi ketmoqchi bo‘lsa, qarshilik qilmaysiz. Faqat ovqatni tayyorlab qo‘yib, ana undan keyin ketaversin. Yo‘q, sizga ham maslahat berardik. Yostiqdoshingizga uy yumushlarida yordamlashib tursangiz, munosabatlar faqat mustahkamlanadi.

Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 1625 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: