Главная » 2009 » Iyun » 7 » ЛАТИФА
15:26:11
ЛАТИФА
Er tanishlariga maqtandi: 

— Men uyda shunday tartib o‘rnatdimki, gap yo‘q! Masalan, xotinimga tayinlaganman: tushlik roppa-rosa soat o‘n uchdan o‘n uch daqiqa o‘tganda tayyor bo‘lishi kerak. Agar bir daqiqa kechiksam, tamom, tushliksiz qolaman. 

J J J 

— Og‘ayni, tabriklayman! Xotining bilan yarashibsan! 

— Qaerdan bilding? 

— Kecha qarasam, hovlida birgalashib o‘tin arralayotgan ekansizlar! 

— Ahmoq, biz uydagi jihozlarni bo‘lishayotgandik. 

J J J 

— Sen uyqungda gapirasanmi? 

— Yo‘q, o‘zing-chi? 

— Gapiraman. Busiz sira ilojim yo‘q. 

— Nega? 

— Chunki, o‘z uyimda gapirib olishim uchun mana shu yagona imkoniyat, do‘stim! 

J J J 

— Azizim, biz ostida turib tanishgan chinor yodingizdami? 

— Keksa chinormi? 

— Ha. 

— O‘sha chaqmoq tegib yonib ketibdi. 

— Ajab bo‘pti! Unga buyam kam! 

J J J 

Xotin eriga dedi: 

— Ilgari yonimda bir daqiqagina o‘tirsangiz ham, sizdan baxtli odam bo‘lmasdi! 

— Hozir ham shunday! 

J J J  

Ikki tanish suhbatidan: 

— Xotiningga uy ishlarida yordam berasanmi? 

— Bu nima deganing? Uy ishlarining hammasini o‘zim bajaraman. 

J J J 

Er xotiniga dedi: 

— Sen sadaqa bergan o‘sha gadoy o‘zini so‘qirlikka solgani yo‘q. Rostdan ham ko‘zlari ko‘rmaydi. 

— Qaerdan bila qoldingiz? 

— Sadaqa berganingda: “Rahmat, sohibjamol!” dedi-ku! 

J J J 

Xotin militsiyaga borib, eri uch kundan beri uyga kelmaganini aytdi. Militsioner undan so‘radi: 

— Asosiy belgilari qanaqa? 

— Hozircha asosiy belgilari yo‘q. Lekin qaytsin, albatta, bo‘ladi. 

J J J 

O‘g‘il: 

— Dada, menga ikki ming so‘m bering! 

Qiz: 

— Menga ming so‘m! 

Xotin: 

— Menga esa besh ming so‘m bering! 

Er: 

— Nima bo‘ldi? Nega hammalaring baravariga pul so‘rab qoldilaring? 

Xotin: 

— Voy, unutdingizmi? Bugun tug‘ilgan kuningiz-ku!

Категория: Hajviya / Юмор | Просмотров: 1272 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: