Главная » 2009 » Iyun » 7 » SIZ QANCHALAR EHTIYOTKORSIZ
15:17:33
SIZ QANCHALAR EHTIYOTKORSIZ
Hayotda aqlli odamlar ehtiyotkorlikni ham unutib qo‘yishmaydi. Chunki mana shu xislat insonning tinchlik-xotirjamligini ta’minlashi mumkin ekan. Xo‘sh, siz ehtiyotkormisiz? Quyidagi testni yechib, o‘zingizni tekshirib ko‘ring. 

1. Sizga rok musiqasi yoqadimi? 

a) ha; 

b) bilmadim; 

v) yo‘q. 

2. Ko‘pchilik tanishlaringiz sizni quvnoq suhbatdosh deb bilishadimi? 

a) ha; 

b) bilmadim; 

v) yo‘q. 

3. Ko‘ngilochar tadbirlarga haftasiga necha marta borishni xohlardingiz? 

a) haftada bir martadan ko‘p; 

b) bir marta; 

v) umuman bormasdim. 

4. Boshqalarga nisbatan do‘stlaringiz kammi? 

a) ha; 

b) o‘rtacha; 

v) yo‘q. 

5. Zerikarli, indamas odam bilan birga o‘tirish sizga yoqadimi

a) ha; 

b) bilmadim; 

v) yo‘q. 

6. Siz qanday yashashni istardingiz? 

a) faqat ishga ko‘milgan holda; 

b) o‘rtacha; 

v) ertangi kunni o‘ylamasdan, quvnoq yashashni. 

7. Siz ehtiyotkorlik bilan, omad kelishini boshqalarga nisbatan kamroq kutib yashay olasizmi? 

a) ha; 

b) ishonchim komil emas; 

v) yo‘q. 

8. Do‘stlaringiz bilan o‘tmishdagi yorqin xotiralarni tez-tez eslab turishga ko‘p vaqt sarflaysizmi? 

a) ha; 

b) ba’zida; 

v) yo‘q. 

9. Siz shovqinli davradan ko‘ra yolg‘iz o‘tirib, sevimli mashg‘ulotingiz bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirasizmi? 

a) ha; 

b) ba’zida shunday bo‘lib turadi; 

v) yo‘q. 

10. Siz urf bo‘lgan kiyimlar kiyishni xush ko‘rasizmi? 

a) ha; 

b) bilmadim; 

v) yo‘q. 

11. Ko‘pchilik sizni g‘ayratli, shijoatli odam deb o‘ylaydimi? 

a) ha; 

b) ishonmayman; 

v) yo‘q. 

12. Sizga safarlarga ko‘p chiqiladigan, lekin xavfli ish bilan mashg‘ul bo‘lish yoqadimi? 

a) ha; 

b) unchalik emas; 

v) yo‘q. 

NATIJALAR: 

2,3,5,8,9,12-savollarning “a”, 1,4,6,7,10,11-savollarning “v” javobi uchun 2 balldan yozing. “b” javoblarning barchasiga 1 balldan beriladi. 

10 balldan kam. Siz o‘ta ehtiyotkor odamsiz. Hatto xavf yaqinlashmasdan turib, seza olasiz. 

10 dan 19 ballgacha. Siz vaziyatga hushyor baho berasiz-u, lekin xavf sizga va yaqinlaringizga chang solgandagina unga qarshi kurashga otlanasiz. Vaqti-vaqti bilan juda ehtiyotkor bo‘lib qolasiz. Ammo bu holat tezda o‘tib ketadi. 

20 dan 26 ballgacha. Siz juda quvnoq va faol insonsiz. Ehtiyotkorlik, hushyorlik haqida o‘ylab ham ko‘rmaysiz. Garchi ko‘p marotaba omadsizlikka uchrasangiz-da, nimaningdir, kimningdir hayotingizga xavf solib turishi ham sizni hushyor torttirmaydi. Nimaga erishgan va erishayotgan bo‘lsangiz, o‘z kuchingizga tayanib ish ko‘rishni ma’qul ko‘rasiz. Faqat esda tuting, ehtiyotkorlikka o‘rganmas ekansiz, bir kun pand yeb qolishingiz hech gapmas

Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 1506 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: