Главная » 2009 » Iyun » 7 » NEGA MEN CHEKISHDA DAVOM ETAYAPMAN?
13:07:31
NEGA MEN CHEKISHDA DAVOM ETAYAPMAN?

Bu test Amerikaning Dallas shahar chekish markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Agar savollarga haqqoniy javob bersangiz, nega chekayotganingizni, chekishni tashlay olasizmi-yo‘qmi, irodangiz, kayfiyatingiz, xohishlaringizning kuchli-kuchsizligini belgilab beradi. Javoblar quyidagicha baholanadi: 

Doimo — 5 ball. 

Tez-tez — 4 ball. 

To‘g‘ri kelib qolganda — 3 ball. 

Gohi-gohida — 2 ball. 

Hech qachon — 1 ball. 


Demak, siz nega chekishda davom etayapsiz? 

Javoblar: 

1. Charchoqni tarqatish uchun chekaman. 

2. Cheksam, maza qilaman. 

3. Chekkan paytlarimda butun vujudim bo‘shashib, dam olaman. 

4. Jahlim chiqqanda chekib qo‘yaman. 

5. Sigaretim yo‘q bo‘lsa, o‘zimni qo‘yarga joy topolmay qolaman. 

6. Chekkim keldimi, chekaveraman. 

7. Sigaret o‘zimga ishonchni orttiradi, hushyor torttiradi. 

8. Chekayotganimda dam olaman. 

9. Chekish yoqimli. 

10. O‘zimni yomon his etganda chekaman. 

11. Chekmasam vaqt o‘tmayotganga o‘xshaydi. 

12. Hali qo‘limdagi tugab ulgurmay, yangisini tutatishga chog‘lana boshlayman. 

13. Kayfiyatni ko‘tarish uchun chekaman. 

14. Sigaretning tutunini tomosha qilish yoqimli. 

15. Nimadandir xursand bo‘lsam, sigaret tutatgim keladi. 

16. Xafa bo‘lganimda, ko‘ngilsizliklar qurshovida qolganimda, albatta, sigaret chekishim shart. 

17. Sigaret chekmasam, qornim ochib ketaveradi. 

18. Og‘zimda sigaret turganini sezaman-u, qachon tutatganimni eslay olmayman. 

BALLAR: 

1+7+13 — sizni chekishga majbur etayotgan aniq bahonani ko‘rsatib beradi; 

2+8+14 — sigaretga tashnaligingizni baholaydi; 

3+9+15 — sigaretdan huzur qilishingiz belgisi; 

4+10+16 — chekishga nisbatan ichki zaruratingiz pasaya boshlaganini ko‘rsatadi; 

5+11+17 — sigaretsiz yashay olmasligingizni tasdiqlaydi; 

6+12+8 — chekishga o‘rganib qolganingiz belgisi. 

Shuni unutmangki, 11 balldan past baho olsangiz, hushyor tortishingizga to‘g‘ri keladi. 7 balldan past baho esa qoniqarli hisoblanadi.



Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 1342 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
0  
1 Jasur   (2011-09-24 11:32:56) [Материал]
Yumon axvol

Имя *:
Email *:
Код *:
WwW.Shaxrisabz.ucoz.ru Portali Barcha xuquqlar rezervlab qo'yilgan |