Главная » 2009 » Iyun » 4 » “SIZ MUG‘OMBIRMISIZ?”
12:17:47
“SIZ MUG‘OMBIRMISIZ?”
“SIZ MUG‘OMBIRMISIZ?” 

1. Qandaydir ko‘ngilsiz voqeani aytmoqchi bo‘lsangiz, suhbatdoshingizni xafa qilib qo‘yishingiz haqida o‘ylab ko‘rasizmi? 

A) Ha. 

B) Yo‘q. 

2. Maktabga, ishga kech qolsangiz, hech kimga sezdirmay jimgina joyingizga o‘tirib olishga urinasizmi? 

A) Ha. 

B) Yo‘q. 

3. O‘zingiz bajarishga qo‘rqayotgan ishni amalga oshirish uchun do‘stingizni yordamga chaqirasizmi? 

A) Ha. 

B) Yo‘q. 

4. Qimorda g‘irromlik qilib yutgandan ko‘ra halol yo‘l bilan yutqazishni afzal ko‘rasizmi? 

A) Ha. 

B) Yo‘q. 

5. Kimgadir hazil qilsangiz, o‘sha odam bu kimning ishi ekanini darrov biladimi? 


A) Ha. 

B) Yo‘q. 

6. Kimnidir ochiqchasiga gaplashish uchun majbur etish niyatida yolg‘ondan foydalanasizmi? 

A) Ha. 

B. Yo‘q 

7. Maktabda o‘qigan paytingizda sherigingizga sezdirmay yozma ishlarini ko‘chira bilganmisiz? 

A) Ha. 

B) Yo‘q. 

8. O‘zingiz istagan narsaga erishish uchun hamisha imkon topasizmi? 

A) Ha. 

B) Yo‘q. 

9. Hech kimga bildirmay ayyorlik qila olasizmi? 

A) Ha. 

B) Yo‘q. 

“A” javobni tanlab 7 ball oldingiz. Demak: 

Siz shunchaki mug‘ombir emas, professionalsiz. Siz yetisha olmaydigan hech qanday orzu yo‘q. Bu odatingiz ko‘pincha odamlar bilan o‘zaro muloqotingizga zarar yetkazadi. Shuning uchun sal insofliroq bo‘ling. 

“B” javobni tanlab 2 ball egasi bo‘ldingiz. Demak: 

Mug‘ombirlik sizning qo‘lingizdan kelmas ekan. Ba’zan shunday yo‘l tutmoqchi bo‘lasiz-u, baribir siringiz ochilib qolaveradi.


Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 1536 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 2.5/2
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: