Главная » 2009 » Iyun » 2 » «U yona o'yna, bu yona o'yna» hamda Sankt-Peterburgga safar...
07:11:15
«U yona o'yna, bu yona o'yna» hamda Sankt-Peterburgga safar...

Bugun estradamizning iste'dodli hamda xalqimizning sevimli san'atkori Sardor Rahimxon, Guliston shahri Markaziy o'yingohida "Umid nihollari 2009" sport o'yinlarining ochilish marosimida "Arazingiz" taronasi bilan ishtirok etdi. Undan tashqari "U yona o'yna, bu yona o'yna" deb nomlangan yangi qo'shiq yaratdi...


Sardorning yangi taronasi Iqbol Muhammadjonov musiqasi asosida yozildi. Hozirda Sardor Rahimxon, "Jayron" yoki "U yona o'yna, bu yona o'yna" taronalarining qay biriga klip suratga olishni o'ylamoqda. Har ikkala qo'shiq to'laligicha tayyor bo'lishini kutmoqda. Klipni rejissor Rustam Murodov suratga olishi rejalashtirilgan. Undan tashqari, iyun oyining o'rtalarida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga jo'nab ketadi. U yerda Rossiyaning mega yulduzi Dmitriy Malikov tomonidan yaratilgan "Ti dlya menya" (Sen men uchun) taronasi uchun maxsus klip suratga oladi. Sardor Rahimxon so'zining ohirida jumladan shunday dedi: "Bilasizmi, boshqa estradamiz vakillari bilan bir qatorda davlat e'tiboriga molik bo'lgan "Umid nihollari" sport musobaqalarining ochilish marosimida ishtirok etayotganimdan bag'oyatda hursandman. Shu jumladan, ushbu sport musobaqalarida ishtirok etayotgan barcha sportchilarga omad yor bo'lishini tilayman",-deb so'zini yakunladi.

Категория: ШОУ - БИЗНЕС ОЛАМИ | Просмотров: 975 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: