Главная » 2009 » May » 30 » MADONNA TURMUSHGA CHIQYAPTI
21:22:55
MADONNA TURMUSHGA CHIQYAPTI

Pop-yulduz Madonna va uning yosh oshig‘i Xesus Lus turmush qurishga ahd qilishdi. Ammo bu nikoh qonuniy bo‘lmaydi.

50 yoshli Madonna va 22 yoshli Lus an’anaviy kabbala marosimini o‘tkazishmoqchi, ammo nikohni rasmiylashtirmoqchi emas. Marosim Nyu-Yorkda o‘tishi ma’lum, ammo vaqti aniq aytilmayapti.

Lusning otasi so‘zlariga qaraganda, juftlikning kabbala diniy ta’limoti (Madonnaning o‘zi ham shunga e’tiqod qilyapti) qoidalariga ko‘ra marosim o‘tkazmoqchiligi ularning birgalikda baxtiyor ekanligidan darak beradi.

Juftlikning o‘zi marosim haqidagi yangilikni izohlagani yo‘q. Madonna ayni paytda “Sticky & Sweet Tour” keng masshtabli ijodiy safarini davom ettiryapti.
 
SHVARTSENEGGER ESKI QAMOQNI SOTMOQCHI
Kaliforniya gubernatori Arnold Shvartsenegger shtat byudjeti tanqisligini qoplash loyihasini taqdim etdi. Byudjet tanqisligi kamida 15,4 milliard dollarni tashkil qiladi.
 
Gubernator rejasida mashhur San-Kventin qamoqxonasini sotish ham bor. Shtatdagi eski qamoqxona 1852 yil ochilgan. Shvartsenegger Los-Anjelesdagi “Kolizey” stadionini hamda shtat mulki sanalgan boshqa mulklarni ham sotishni rejalashtirgan. Gubernator ulardan 600 million dollar topishni ko‘zlayapti.
 
Shvartsenegger Kaliforniya aholisini agar ular referendumda u taklif qilingan choralarni rad etadigan bo‘lishsa, byudjet tanqisligi 2010 yilga borib 21,3 milliard dollarga yetishi mumkinligini aytib ogohlantirdi. Byudjet tanqisligi davlatning ta’lim va ijtimoiy sohaga pul ajratishi qisqartirilishiga sabab bo‘ladi. 
Shu bilan birga Shvartsenegger soliqlarni oshirishga yo‘l qo‘ymasligini, bu chora qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan byudjet loyihasiga imzo chekmasligini ma’lum qildi.
 
Eslatib o‘tamiz, Kaliforniya gubernatorining obro‘si so‘nggi paytlarda ancha tushib ketgan.
Категория: БОЛЛИВУД ЮЛДУЗЛАРИ | Просмотров: 1332 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: