Главная » 2009 » May » 30 » ELEKTRON QOG‘OZLI TELEFONLAR
21:19:17
ELEKTRON QOG‘OZLI TELEFONLAR

“Samsung” kompaniyasi yig‘ma karavot shaklidagi “Alias 2” mobil telefonni ishlab chiqardi. Bu telefonning sensor klaviaturasi elektron qog‘ozdan ishlangan.

“Samsung Alias 2” ham vertikal, ham gorizontal yo‘nalishda yig‘iladi. Birinchi holatda telefon klaviaturasi klassik ko‘rinishda bo‘lsa, ikkinchisida tugmalardagi tasvir o‘zgaradi.

Birinchi bosqichda bu telefonni faqat Shimoliy Amerikada sotish rejalashtirilgan. Operator shartnomasi bilan birga bu telefonning narxi 80 dollar bo‘ladi. 

Odatda, elektron qog‘ozdan elektron kitoblarni o‘qish qurilmalarining ekranlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Uning afzalligi shundaki, xuddi qog‘oz varag‘idan ingichka, tasvirlari esa aniq bo‘ladi. Tasvir quyosh nuri juda yorqin bo‘lganda ham buzilmaydi.

Bundan tashqari, elektron qog‘oz quvvatni faqat ekranda yangi axborot paydo bo‘lgandagina sarflaydi. Ammo tasvirning yangilanishi vaqti borasida oddiy ekranlarga yetolmaydi.
 
OTNING OYOQLARI BO‘YNI O‘STIRADI
Bo‘yi balandroq bo‘lishini orzulaganlarga sietllik dizayner yog‘och oyoqlarning yangi turi — mexanik “ot oyoqlari”ni taklif etyapti.
Dizayner Kim Grem “ot oyoqlari” sohibining bo‘yi 36 santimetrga o‘sishini kafolatlaydi. Gremning uqtirishicha, ko‘pchilik Gollivud yulduzlari yog‘och oyoqlarni buyurtirishga ulgurishgan. “Bular oddiy yog‘och oyoqlar emas, — deydi dizayner. — Ular odamning qadam tashlashiga olijanob hayvonning jozibasini bag‘ishlaydi”.
 
Ot oyoqlarida yurishni 10-15 daqiqa ichida o‘rganib olsa bo‘larkan. Oyoqlar po‘lat, tros va plastikdan yasaladi. AQShda oddiy modeli 760, prujinalilari esa 1010 dollar turadi. Ot oyoqlarning yagona kamchiligi shundaki, ularda qiya joylardan yurish xavfli.
 
 
MADRID HAVOSIDAGI KOKAIN
Ispaniyaning Madrid hamda Barselona shaharlari havosida kokain borligi ma’lum bo‘ldi. Ispaniya milliy ilmiy kengashi — mamlakatning yirik ilmiy tashkiloti xodimlari yangi asboblarni sinab ko‘rish davomida shu xulosaga kelishdi.
 
Olimlar Madrid va Barselona havosida beshta taqiqlangan modda bor-yo‘qligini aniqlashga harakat qilishdi. Shahar osmonining 1 kub metrida kokain 29 dan 850 pikogrammgacha (grammning trilliondan biri) borligi ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, Madrid osmonida geroin ham borligi, Barselonada esa yo‘qligi aniqlandi. Dam olish kunlari narkotiklarning atmosferadagi kontsentratsiyasi ortgan. Bu esa shu vaqtda narkotik iste’mol qilish ko‘payganligini bildiradi.
 
Olimlar jamoatchilikni tinchlantirishdi. Ularning uqtirishicha, havodagi narkotik moddalar shunchalar arzimas miqdordaki, ming yilda ham kokainning me’yoriy bitta dozasini yutishga imkon yo‘q. 
 
 
Категория: YANGILIKLAR | Просмотров: 1743 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: