Главная » 2009 » May » 30 » ХАЖВИЯ
21:06:49
ХАЖВИЯ

Erkak ichkari uydan hovliga chiqqandi, qo‘shni ayol devor ortidan turib qichqirdi:

— Hoy Boltavoy aka, itingiz yana tovuqlarimni quvibdi!

Erkak esnay-esnay javob qildi:

— Itim aybdor emas. Tovuqlarni bog‘lab qo‘yish kerak-da!

J J J

— Men ahmoq bo‘lmasam, sizga tegarmidim?!

— Qara-ya, men shu qadar o‘zim bilan o‘zim ovora bo‘lgan ekanmanki, ahmoqligingni payqamabman-a!

J J J

Er xotiniga dedi:

— Xotin, pul — bu qayg‘u degani. Shunday ekan, men shunday ajoyib oilamni qayg‘uga ko‘mishni sirayam xohlamayman.

J J J 

— Og‘ayni, xotiningni qarta o‘ynashga o‘rgatganmishsan. Rostmi?

— Rost. Lekin uni qarta o‘ynashga o‘rgatib, juda zo‘r ish qildim.

— Nega?

— Kecha maoshimning yarmini yutib oldim.

J J J 

Er xotinidan so‘radi:

— Bunday uzundan-uzun xatni kim yozibdi senga?

— Shahardagi dugonam.

— Nima deb yozibdi o‘zi?

— “Hammasini uchrashganimizda gapirib beraman”, debdi.

J J J 

— Azizam, meni sevasanmi?

— Ha.

— Men o‘lib qolsam, yig‘laysanmi?

— Ha.

— Qani, qanday yig‘laysan? Ko‘rsat-chi!

— Men o‘lganlarga yig‘layman!..

J J J

Er:

— Jonim, xohlaysanmi senga osmondagi yulduzni olib beraman?

— Hech qanaqangi yulduz kerak emas. Bugun uyda o‘tirasiz!

J J J

— Dugonajon, ikkinchi marta turmushga chiqqanmishsan?

— Ha. Lekin qo‘rqaman.

— Nimadan?

— U mendan ancha yosh.

— Qo‘yaver, sen bilan bir-ikki yil yashasa, qariydi qoladi.

J J J

Er uyda yuziga gazetani to‘g‘rilab olgancha, o‘zini xuddi mutolaa qilayotgandek tutardi. Xotini yaqin kelib dedi:

— Bilaman, gaplarimga diqqat bilan quloq solayapsiz. Ana, tizzalaringizning qaltirashidan bildim!

Категория: Hajviya / Юмор | Просмотров: 2206 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 2.5/4
Всего комментариев: 1
0  
1 shuhrat   (2011-11-29 15:15:32) [Материал]
tongue flower

Имя *:
Email *:
Код *:
WwW.Shaxrisabz.ucoz.ru Portali Barcha xuquqlar rezervlab qo'yilgan |