Главная » 2009 » May » 30 » «RASHK AZOBI SIZGA TANISHMI?»
20:58:21
«RASHK AZOBI SIZGA TANISHMI?»

«RASHK AZOBI SIZGA TANISHMI?»

Ayollar uchun test

Ko‘pchilik ayollarimiz garchi oilaviy hayotda jimgina yashasalar-da, qalblarining tub-tubida turmush o‘rtoqlariga nisbatan kuchli rashk o‘ti yonadi. Ular har soniyada erkakning sadoqatiga gumon nazari bilan boqib, o‘z-o‘zlarini qiynashadi. Quyidagi test shu masalani hal etishda yordam beradi.

1. Turmush o‘rtog‘ingiz qisqa muddatga do‘stlari bilan qaergadir dam olishga ketmoqchi, siz unga ruxsat berarmidingiz?

a) albatta, men erimga ishonaman (1 ball)

b) erkaklar birga bo‘lganda har qanday narsani kutsa bo‘ladi. Ruxsat bersam-da, mana shu xayol menga azob beraveradi (2 ball)

v) yo‘ldan qaytarishga urinaman (3 ball)

2. Nimanidir o‘zgartirish maqsadida o‘tmishni ortga qaytargingiz keladimi?

a) yo‘q, men o‘tmishni eslashni istamayman (1 ball)

b) ha, shunda hammasini boshidan boshlashga imkon tug‘ilardi (3 ball)

v) ba’zan shu haqda o‘ylab qo‘yaman (2 ball)

3. Eringiz siznimas, ishxonadami, ko‘chadami         boshqasini afzal ko‘rayotgandek tuyuladimi?

a) yo‘q (1 ball)

b) bo‘lib turadi (2 ball)

v) tez-tez shunday xayolga boraman (3 ball)

4. Yostiqdoshlar bir-biridan sir yashirishi mumkinmi?

a) ha (1 ball)

b) hech qachon (3 ball)

v) bilmadim (2 ball)

5. Muzeyda sizni nima ko‘proq o‘ziga tortadi?

a) suratlar majmuasi (2 ball)

b) qurollar kollektsiyasi (3 ball)

v) tarixiy bo‘lim (1 ball)

6. Dugonangiz lotereya o‘ynab, katta pul yutib oldi va sizga maqtana boshladi. Buni qanday qabul qilasiz?

a) pullarni tejab-tergab sarflashni maslahat beraman (2 ball)

b) undan uzoqroq bo‘laman (3 ball)

v) bu munosabatlarimizga putur yetkazmaydi (1 ball)

7. Turmush o‘rtog‘ingiz kutilmaganda sizga guldasta sovg‘a qildi. Sizga bu narsa shubhali tuyulmaydimi?

a) ha, chunki, u kamdan-kam hollarda gul sovg‘a qiladi (3 ball)

b) yo‘q (1 ball)

v) bilmadim (2 ball)

NATIJALAR:

7-11 ball. Sizni hech qachon rashk azoblamaydi. Shaxsiy erkinlikka yaxshi munosabatdasiz.

12-16 ball. Rashkchisiz, ammo tuyg‘ularingizni jilovlay olasiz. Ko‘proq o‘zingizga ishonishga intilasiz.

17-21 ball. Juda ko‘plab ayollarni xavfli raqib deb hisoblaysiz. Rashk sizni, sal bo‘lmasa, aqldan ozdiray deydi. Natijada uyingizda arzimagan bahona bilan katta janjallar yuzaga keladi.

Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 1318 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: