Главная » 2009 » May » 25 » T O L E ' N O M A
10:43:25
T O L E ' N O M A

QO‘Y

            (21.03—20.04)

Yaqinlarga toliqishlaringizni tushuntirish qiyin kechadi. Sizni oldinda turli tadbir va yig‘ilishlar kutayotganini unutmang. Nima bo‘lganda ham maroqli dam olishga harakat qiling. Muammolarni hal etish va rejalaringizni amalga oshirish imkoni tug‘iladi. 

BUZOQ 

    (21.04—21.05)

Bu hafta bekorchi ishlarga chalg‘imang. Hammaning e’tibori sizda bo‘ladi. Odamlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash va yetakchilik kabi ishlar ham zimmangizda. Kutilmagan kishilar bilan muloqot jarayonida muhim axborotlarga ega bo‘lasiz. Omadli kunlar — payshanba, shanba va yakshanba. 

EGIZAKLAR 

       (22.05—21.06)

Bu hafta savdo xodimlari uchun omadli bo‘ladi. O‘ta kamtarlik va soddalikning vaqti emas, shu bois qattiqqo‘l hamda jiddiy bo‘lishga harakat qiling. Ijod qilish uchun qulay davr, hafta so‘ngida moliyaviy foydani qo‘lga kiritasiz. Omadli kunlar — shanba va yakshanba. Ziddiyatli kun — chorshanba.  

QISQICHBAQA 

         (22.06—22.07)

Hafta boshidan muhim yangilik eshitasiz va bu kelgusida rejalashtirgan ishlaringizni ma’lum darajada o‘zgartiradi. Faqat o‘z muammolaringiz atrofida o‘ralashib qolmang. Har qanday holda yaqinlaringiz bilan maslahatlashib ish qilganingiz ma’qul. Omadli kunlar — dushanba, payshanba va shanba. Ziddiyatli kunlar — seshanba va juma.

ARSLON 

     (23.07—23.08)

Bu hafta sizni yolg‘izlik hissi qamrab oladi. Bu holat kayfiyatingizga yomon ta’sir qilishi mumkin. Yulduzlar kerakli ishlar bilan shug‘ullanishni tavsiya etadi. Muhabbat bobida sizni iliq taassurotlar kutib turibdi. Har qanday holatda kayfiyatni belgilash izmi o‘zingizga bog‘liqligini unutmang. Omadli kunlar — seshanba, juma va yakshanba. Ziddiyatli kun — chorshanba.

PARIZOD 

     (24.08—23.09)

Ko‘nglingizni behuzur qilgan g‘ashlikdan qutulasiz. Shu sabab hafta mobaynida ish faoliyatingiz qaynab toshadi. Barcha muammolarni yengasiz. Hafta so‘ngida kutilmagan sarguzashtlar va uchrashuvlarga beixtiyor bog‘lanib qolishingiz mumkin. Xayrli kunlar — chorshanba va shanba. 

TAROZI 

    (24.09— 23.10)

Hafta boshidan ehtiyotkorlikni shior qilib oling, sizni aldashlari mumkin. O‘zgalarning sizdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang. Vazifangizni aniq bajarsangiz, har qanday yoqimsiz holatning oldini olasiz. Omadli kunlar — payshanba, juma va yakshanba.

CHAYON

    (24.10 — 22.11 )

Rejalaringiz o‘zgarib ketishiga sirli uchrashuvlar sabab bo‘ladi. Hamkorlar bilan murakkab vaziyatni hal qilishga kirishasiz. Bu esa moddiy chiqimni talab qilsa-da, omadli bo‘lishi mumkin. Aql va bilimingizga tayanib, oldinga qadam tashlang. Omadli kunlar — dushanba, juma va shanba. Ziddiyatli kun — yakshanba.

O‘QOTAR 

      (23.11—21.12)

Mavjud ziddiyatlar tufayli tavakkal qilishga majbur bo‘lasiz. Tanlash imkoniyatining yo‘qligi sizni shoshirib qo‘yishi mumkin. Doimiy hamkorlar bilan aloqalaringiz buzilmasin desangiz, o‘ylab ish yuritishingiz va qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaganingiz ma’qul. Muvaffaqiyatli kunlar — dushanba va payshanba. Og‘ir kun — shanba.

TOG‘ ECHKISI 

         (22.12—20.01)

Boshqalarga va o‘zingizga e’tiborni mushtarak holda olib boring. Dam olish kunlariga jiddiy ishlarni rejalashtirmang. Iqtisodingizni to‘g‘rilash uchun qilgan harakatlaringiz samara bera boshlaydi. Moliyaviy masala bilan bog‘liq yangi ish taklif qilib qolishlari mumkin. Xayrli kunlar — chorshanba va shanba.

QOVG‘A 

     (21.01—19.02)

Yaxshi imkoniyatlar siz tarafda ekanligini sezmasligingiz mumkin. Mayda-chuyda ishlarga chal-g‘imay diqqat va e’tiboringizni bir joyga jamlashga urining. Oldinda sizni jiddiy va mas’uliyatli yumushlar kutib turganini unutmang. Ish joyingizda sizga nisbatan ochiq-oydin qarama-qarshiliklar bo‘lishi mumkin. 

BALIQ 

    (20.02—20.03)

Mavjud imkoniyatlar katta ishlarni amalga oshirish uchun yetarli ekanligiga o‘zingizni ishontiring. Moddiy muammolar tufayli bosh qotirib o‘tirmang. Bu hafta omad siz tomonda bo‘ladi. Shaxsiy rejalarga o‘zgartirish kiritmay turganingiz ma’qul. Yaqinlar bilan oilaviy munosabatlarda e’tiborli bo‘ling.  

Категория: МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ | Просмотров: 1643 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: