Главная » 2009 » May » 24 » SIZ O‘ZINGIZNI YAXSHI KO‘RASIZMI?
09:45:51
SIZ O‘ZINGIZNI YAXSHI KO‘RASIZMI?
Javob (“Ha” yoki “Yo‘q”) 

A) Hozirgi ko‘rinishingizda o‘zingizni yaxshi his etayapsizmi? 

(“Ha” - 5, “Yo‘q” - 0 ball) 

B) O‘zingizni doimo omadsizlik ta’qib etadi deb hisoblaysizmi? (“Ha” - 0, “Yo‘q” - 5) 

V) Biror ish qilganingizda, boshqalarning fikrini ham inobatga olasizmi? (“Ha” - 0, “Yo‘q” - 5) 

G) Qiyin vaqtlarda boshqalar qanday ish tutganini eslaydigan odatingiz bormi? (“Ha” - 0, “Yo‘q” - 5) 

D) Sizni boshqalar ko‘z o‘ngingizda maqtasa, ensangiz qotadimi? 

(“Ha” - 0, “Yo‘q” - 5) 

Ye) Uzoq vaqt yolg‘iz qola olasizmi? (“Ha” - 0, “Yo‘q” - 5) 

Yo) Ruhiy mag‘rurlik va moliyaviy ahvolingiz o‘rtasida bog‘liqlik borligini sezasizmi? (“Ha” - 0, “Yo‘q” - 5) 

I) Ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarning oldini olishga tez-tez urinib turasizmi? (“Ha” - 0, “Yo‘q” - 5) 

K) Hissiyotingizni boshqalar oldida oshkor eta olasizmi? 

(“Ha” - 0, “Yo‘q” - 5) 

L) O‘zingiz yashayotgan joydagi odamlar bilan ziddiyatli munosabatlar yurita olasizmi? (“Ha” - 5, “Yo‘q” - 0) 

  

JAVOB: 

35 dan 50 ballgacha: 

Siz o‘zingizni sevasiz. Shu bilan bir qatorda boshqalarni ham. Bu narsa sizning omadli va hayotdan mamnun bo‘lib yashashingizga sabab bo‘ladi. O‘zgalardagi o‘zingizda yo‘q qobiliyatlarga xolis baho bera olasiz. 

15 dan 30 ballgacha: 

O‘zingizni sevishingizga ishonish qiyin. Bu haqda juda kam o‘ylaysiz. Ko‘pincha o‘zingizning ojiz jihatlaringizga ko‘p e’tibor qaratib, mavjud qobiliyatlaringizni hayotga tatbiq eta olmay qolasiz. 

0 dan 15 ballgacha: 

Siz o‘zingizni sevmaysiz va aksar hollarda hayotingizda ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishini kutib yashaysiz. Bunday hodisalar, albatta, tez-tez sodir bo‘lib ham turadi. Axir, “Qo‘rqqanga qo‘sha ko‘rinadi” deb bekorga aytishmagan!.. Yo‘q, hammasini o‘zgartirish vaqti yetdi. Bu haqda chuqurroq o‘ylab ko‘ring! 



Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 1109 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: