Главная » 2009 » May » 21 » MUNAJJIMLAR BASHORATI
18:07:13
MUNAJJIMLAR BASHORATI

2009 yil 18-24-may

QO‘Y 

    (21.03—20.04) 

Sog‘lig‘ingiz tufayli hayot naqadar shirinligini his qilasiz. Imkon qadar xayolingizni yaxshi va shirin o‘ylar bilan band qiling. Chunki ruhiy tetiklik — eng muhim qurol. Hafta oxirida moliyaviy jihatdan juda muvaffaqiyatli bo‘lishi kutilmoqda. Omadli kunlar — juma, shanba va yakshanba. Ziddiyatli kunlar — dushanba va payshanba.

BUZOQ 

     (21.04—21.05)

Mashaqqatlar bilan erishgan yutuq va obro‘yingizga putur yetishi mumkin. Xomxayollikni tark etib, hayotga teran nazar tashlaganingiz ma’qul. Muammolar yuzasidan bildirilgan har qanday fikrga befarq bo‘lmaslikka harakat qiling. Omadli kunlar — juma va yakshanba. Ziddiyatli kunlar — chorshanba va shanba.  

EGIZAKLAR 

        (22.05—21.06)

Hafta boshidan huquqiy muammolar va ziddiyatlarga duch kelasiz. Garchi omad keltirishi mumkin bo‘lsa-da, zarurati bo‘lmagan joyda o‘zingizni tavakkalchilikdan tiying. Sevgi bobida sertashvish va xarajatli holatga tushishingiz mumkin. Muvaffaqiyatli kunlar – seshanba va shanba. Ziddiyatli kun — dushanba.

 QISQICHBAQA 

 (22.06—22.07)

O‘z kuchingiz va irodangizga ishonsangiz bo‘ladi. Omadsiz bo‘lib qolmaslik uchun his-tuyg‘ularingizni boshqarib turing. Sevgi bobida ajoyib sarguzashtlar kutmoqda. Har qanday vaziyatda katta va’dalar berishga shoshilmang. Omadli kunlar — dushanba, payshanba va juma. Ziddiyatli kun — chorshanba.


ARSLON 

      (23.07—23.08)

Bu hafta ehtiyotsizlik, e’tiborsizlik kabi nuqsonlarning oldini olishga harakat qiling. Aks holda jiddiy zarar ko‘rishingiz mumkin. Asosiysi, hozirni emas, kelajakni o‘ylab ish tutishni maslahat beramiz. O‘zingizni betinim va og‘ir sharoitlarda ham sinab ko‘rsangiz yomon bo‘lmaydi. Muvaffaqiyatli kunlar – seshanba, payshanba va yakshanba. Og‘ir kun — chorshanba

PARIZOD

       (24.08—23.09)

Bu hafta imkoniyatlaringiz va moliyaviy ahvolingizni hisobga olib, ziyofat uyushtirishingiz mumkin. Maqtovlardan havolanib ketmang. Imkon qadar kamtarroq bo‘ling. Chunki buning oqibatida erishgan yutuqlaringizga putur yetishi mumkin. Muvaffaqiyatli kunlar — dushanba, chorshanba va shanba. Og‘ir kunlar — seshanba va juma.


TAROZI

      (24.09— 23.10)

 Hafta boshidan yaqin kunlarda bajarishingiz lozim bo‘lgan ishlarni rejalashtirib oling. Kam-ko‘stingizni butlab, yaqinlar va do‘stlar ko‘nglini xushlashga harakat qiling. Ichki hislaringizga tayanib ish tuting. G‘iybat va oldi-qochdilardan o‘zingizni tiying. Omadli kunlar – seshanba va yakshanba. Og‘ir kunlar — payshanba va juma.

CHAYON

     (24.10 — 22.11)

Hayotingizda o‘zgarishlar davri boshlanmoqda. Ko‘chmas mulk sotib olish borasida ikkilanmasdan harakat qilsangiz bo‘ladi. Biroq shaxsiy hayotdagi tuyg‘ular tahliliga haddan ziyod ruju qo‘ymang. Aks holda suyukli kishingiz bilan orangizga sovuqlik tushishi mumkin.

O‘QOTAR 

       (23.11—21.12)

Bu hafta hayotingizda sodir bo‘ladigan voqealarni oldindan seza boshlaysiz. Vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish ko‘proq o‘zingizga bog‘liq. Kasbiy faoliyatingizda jiddiy o‘zgarish kuzatilmaydi. O‘ylagan g‘oyalaringizni yengillik bilan amalga oshirishingizga ishonsangiz-da, real tomonini ham ko‘zdan qochirmang. Omadli kunlar — dushanba va yakshanba. Og‘ir kun — payshanba.

TOG‘ EChKISI

         (22.12—20.01)

Yaqin va uzoq kelajakka doir rejalar ustida bosh qotirasiz. Atrofingizdagilarga ozmi-ko‘pmi yordamingiz tekkanidan kayfiyatingiz chog‘ bo‘ladi. Muhabbat bobida kutilmagan sarguzashtlar qurshovida bo‘lishingiz ehtimoli bor. Omadli kunlar — payshanba va juma. Ziddiyatli kun — seshanba.

QOVG‘A 

      (21.01—19.02)

Haftaning birinchi yarmini ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazasiz. Ijodiy qobiliyatingizni rivojlantirish davri. Yangi reja tuzishda ichki sezgingiz ham muhim ahamiyatga ega. Xizmat safarlari, hashar ishlari kabilardan aslo bosh tortmang. Omadli kunlar – dushanba, juma va shanba. Og‘ir kun — seshanba.



BALIQ 

     (20.02—20.03)

Bu hafta tezkor va to‘g‘ri xulosa katta mablag‘ni tejab qolish imkonini beradi. O‘zingizni yaxshi tomondan ko‘rsata olishingiz o‘sish pog‘onasida sizga asqotadi. Fe’lingizdagi injiqlik va qaysarlik ham foydangizga xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, samimiylikni saqlashga harakat qiling. Omadli kunlar – seshanba va chorshanba. Og‘ir kun — dushanba.  

Категория: МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ | Просмотров: 5978 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 2.7/3
Всего комментариев: 1
0  
1 elnara   (2011-02-03 15:41:25) [Материал]
fuuuuuuuuuu namn4a kam?

Имя *:
Email *:
Код *:
WwW.Shaxrisabz.ucoz.ru Portali Barcha xuquqlar rezervlab qo'yilgan |