Главная » 2009 » May » 21 » MUHABBAT VA RASHK ORALIG‘I
17:21:19
MUHABBAT VA RASHK ORALIG‘I
Oilaviy hayotda me’yorida qilingan rashk yostiqdoshlarning birgalikdagi umrlari yanada mazmunli bo‘lishiga olib keladi. Lekin haddan oshdimi, bu munosabatlarning buzilishiga sababchi bo‘lishi aniq. Natijada er-xotin bir-biridan soviy boradi, qalbda ishonch tuyg‘usini yo‘qotadi. Xo‘sh, siz-chi? Savollarga to‘g‘ri javob berib, o‘zingizni anglang. 

1. Turmush o‘rtog‘ingizning telefon orqali kim bilandir gaplashishiga qanday qaraysiz? 

a) kim bilan gaplashganini suhbatni yakunlagach, so‘rab olaman (2 ball) 

b) darhol so‘zini bo‘lib, kim bilan gaplashganini aniqlayman (3 ball) 

v) bu uning shaxsiy ishi (1 ball) 

2. Muhabbat haqida qanday fikrdasiz? 

a) muhabbat butun umr saqlanib qolishi lozim (3 ball) 

b) muhabbat kelaveradi, ketaveradi (1 ball) 

v) uning borligiga ishongim keladi. Lekin u odamni botqoqqa botirib qo‘yishi ham mumkin (2 ball) 

3. Ish yuzasidan uyda tunamasligingizga to‘g‘ri kelsa, qalbingizda qanday hislarni tuyasiz? 

a) turmush o‘rtog‘im yo‘qligimdan foydalanib, boshqasi bilan tunni kechirishidan qo‘rqaman (3 ball) 

b) mayli, ko‘nglini xushlagisi kelsa, xushlay qolsin (2 ball) 

v) men turmush o‘rtog‘imning boshqasi bilan tunashini tasavvur ham eta olmayman (1 ball) 

4. Turmush o‘rtog‘ingizga keladigan xatlarni berkitib turasizmi? 

a) yo‘q (1 ball) 

b) faqat pulga oid qog‘ozlar kelsa (2 ball) 

v) imkon topildi deguncha, albatta, berkitaman (3 ball) 

5. Umr yo‘ldoshingizning o‘tmishi haqida qanday o‘ylaysiz? 

a) qachonlardir boshqasi bilan uchrashganini ko‘z oldimga keltirdim deguncha yuragim g‘ash tortaveradi (3 ball) 

b) bu haqda o‘ylamaslikka harakat qilaman (2 ball) 

v) bu haqda umuman o‘ylamayman (1 ball) 

6. Yotog‘ingizga karavot olish zarur bo‘lsa, qanaqasini tanlaysiz? 

a) ikkalamiz ham joylasha oladigan kengini tanlayman (3 ball) 

b) alohida-alohida karavot sotib olaman (2 ball) 

v) turmush o‘rtog‘im bilan maslahatlashaman (1 ball) 

7. Yostiqdoshingizni chuqur o‘yga tolgan holda ko‘rsangiz: 

a) o‘zim haqimda o‘ylayapti, degan xayolga boraman (2 ball) 

b) boshqasini o‘ylayapti, degan fikrga boraman va aniqlashga urinib ko‘raman (3 ball) 

v) buning menga taalluqli yeri yo‘q bo‘lganligi sababli e’tibor berib o‘tirmayman (1 ball) 

8. Uning xiyonatkorligi haqida qo‘lingizda aniq dalillar bo‘lgan taqdirda, qanday yo‘l tutasiz? 

a) ochiqchasiga gaplashib olishni lozim deb bilaman (2 ball) 

b) qasos olaman (1 ball) 

v) bu bilan hayotim tugashi kerak. Lekin oilamni asrab qolish uchun yana bir imkon beraman (3 ball) 

9. Vaqt o‘tgan sari turmush o‘rtog‘ingiz sizga begonaday bo‘lib borayapti. Nima qilasiz?
 

a) bu o‘tib ketadi deb o‘ylayman (1 ball) 

b) o‘zim aybdor bo‘lsam kerak (2 ball) 

v) ortidan kuzatishni boshlayman (3 ball) 

10. Mehmonda u boshqasi bilan ko‘z urishtirsa, kulib, hazillasha boshlasa: 

a) e’tibor qilib o‘tirmayman (1 ball) 

b) bas qilishini talab etaman (3 ball) 

v) shu arzimagan narsadan janjal chiqarib o‘tirishni o‘zimga ep ko‘rmayman (2 ball) 

11. Agar bir necha kunga olisga ketsangiz: 

a) hech narsa haqida qayg‘urib o‘zimni qiynamayman (1 ball) 

b) tez-tez, ayniqsa, kechalari uyga qo‘ng‘iroq qilib “tekshi-ruv”lar o‘tkazaman (3 ball) 

v) kim bilandir tunayotganlikda uni ayblab, rashk o‘tida kuyaman, lekin sukut saqlayman (2 ball) 

12. Rashkingiz kelganda o‘zingizni qanday tutasiz? 

a) bunday vaziyatlarni kulgili deb hisoblayman (1 ball) 

b) maza qilaman (2 ball) 

v) uni ko‘rishga ko‘zim bo‘lmaydi (3 ball) 

NATIJALAR: 

12 DAN 20 BALLGAChA. Siz umuman rashkchi emassiz. Turmush o‘rtog‘ingiz ham rashk qilish uchun sharoit tug‘dirmaydi. 

21 DAN 28 BALLGAChA. Rashkchisiz, lekin janjal ko‘tarmaysiz. Xayolingizga qanday yomon o‘ylar kelmasin, o‘zingizni tuta olasiz. 

20 DAN 36 BALLGAChA. Siz rashk bobida naq olovning o‘zisiz. Siz turmush o‘rtog‘ingizdan keragidan ortiq sadoqat xohlaysiz. Esda tuting, bu odatingiz bilan oilangizni barbod qilishingiz ham hech gap emas.

Категория: ПСИХОЛОГИЯ | Просмотров: 1340 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: