Главная » 2009 » May » 21 » O‘TA TEZKOR MIYA EGASI
17:18:41
O‘TA TEZKOR MIYA EGASI
Dunyo xalqlari orasida Olloh tarafidan berilgan noyob qobiliyat egalarini ko‘plab uchratish mumkin. Agar ular bilan yaqindan suhbat qursangiz, o‘zlaridagi qobiliyat sirlarini izohlab bera olishmaydi. Bu tabiiy hol, albatta. Negaki, bu sirni bilishimiz, aniqlash yo‘lida izlanishimiz shart emas. Faqat hayratga tushishimiz, tan berishimiz kifoyadir. 

Quyida shunday insonlarning ba’zilari haqida fikr yuritamiz. 

O‘TA TEZKOR MIYA EGASI 

Daniel Tammetning miyasi ko‘z ko‘rib, quloq eshitmaydigan tezlikda ishlay oladi. 

 U ingliz, frantsuz, fin, nemis, eston, ispan, rumin, island, litva va esperanto tillarida bemalol gaplasha oladi. Ma’lum bo‘lishicha, bir kuni Tammet televidenie xodimlari bilan bahslashib qolibdi. Xullas, televidenie orqali island tilida ko‘rsatuv berilishi lozim bo‘lgan-u, Tammet boshlovchilikka da’vogarlik qilgan. Vaholanki, o‘shanda u island tilini umuman bilmasdi. 

— Nima desalaring deyishlaring mumkin, — debdi Tammet televidenie xodimlariga. — Ko‘rsatuv suratga olinishiga yetti kun qolibdimi, shu muddat ichida men island tilini mukammal o‘rganib olaman... 

Shubhasiz, uning gapiga hech kim ishonmagan. Lekin o‘sha ko‘rsatuv suratga olinadigan kuni televideniega kelib, bemalol island tilida gapira boshlagan. Hatto unga til o‘rgatgan muallim ham azbaroyi hayratga tushganidan Tammetni “Bu odam emas, qandaydir sirli jonzot”, deya baholay olgan, xolos.


TEMIR-TERSAKKA MAZAXO‘RAK ODAM

Maykl Lotito ismli erkak sira tap tortmasdan, turli metall, oyna siniqlari, charm, velosiped va televizorlarning ehtiyot qismlarini bir o‘tirishda yeb tashlay oladi. 

1978-1980 yillar oralig‘ida, ya’ni ikki yil ichida u butun boshli samolyotni yeb bitirgan ekan. Qizig‘i shundaki, hatto zaharli metallarni yesa-da, uning salomatligiga umuman putur yetmaydi.

“MEN UMUMAN UXLAMAYMAN”

Ma’lumot berishlaricha, Xai Ngos ismli oltmish to‘rt yoshli erkak 1973 yildan beri umuman uxlamas ekan. 

 Salomatligi esa boshqalarnikidan o‘n chandon yaxshi. O‘zini juda yaxshi his etadi. Vrachlar ham uxlamaslik oqibatida yuzaga keladigan kasalliklarning birontasini uning organizmida uchratishmagan.

Категория: СИРЛИ ОЛАМ | Просмотров: 1996 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: