Главная » 2009 » May » 10 » Obid Asomovning hayoti hamda ijodi
07:48:17
Obid Asomovning hayoti hamda ijodi
Obid Asomov 1963 yil 22 oktyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida tavallud topgan. Otasi - Asomov A’zam Abbosovich. Onasi - To’xtaxon Asomova. Oilada 4 ta farzand bo’lishgan. Ikki o’g’il va ikki qiz(ming afsuski bevaqt o’lim Sobit Asomovni ularning orasidan erta olib ketdi). 1971 yil jajjigina Obid 128 o’rta maktrabga o’qishga chiqqan. Buni qarangki, boshqalardan farqli ravishda Obid Asomov maktabga 8 yoshida chiqqan. Oktyabr oyida tug’ilgan bo’lganligi uchun 7 yoshga yetmagan, - deb 1970 yil maktabga qabul qilishmagan. Yosh yigitchada 4 - sinfdan boshlab rasm chizishga qiziqish uyg’ona boshlagan. 8 sinfgacha maktab darslari bilan paralel ravishda Respublika pionerlar saroyida rassomchilik to’garagiga ham qatnagan. So’ng Binkof nomli rassomchilik bilim yurtida 4 yil tahsil olib, qizil diplom bilan o’qishni bitirgan. Shu orada qiziq bir tasodif tufayli qiziqchilikka ilk qadamlar qo’yilgan. Qiz sinfdoshlarini ota-onalari yosh bo’lishiga qaramay 8 sinfni tamomlagani zahoti birin-ketin uzatishni boshlashgan. Uzatilayotgan qizlarning birini to’yida o’rta olib boradigan odam bo’lmay qolgan. Ashulachi-yu, sozanda bor, aynan o’rta olib boruvchi yo’q. Sozandalardan biri bir guruh yigitlarni(bu bir guruh yigitlar – Obid Asomov hamda uning sinfdoshlari edi) oldiga kelib, “orangizda xonandalarga navbat beradigan, gapga usta bolalar yo’qmi?”, - desa barcha sinfdoshlar bir bo’lib, qo’lini bigiz qilib, mana deya Obidni ko’rsatishadi. Sinfdoshlarni aynan Obidni ko’rsatganligiga sabab, kichik Obid maktabda hazil-huzul qilib, latifalar aytib, hammani kuldirib yurganligi uchun bo’lsa ajab emas. Ilk bor to’y xashamda mikrofonni qo’liga ushagan yigitcha hali kelajakda eng mashhur qiziqchi bo’lib yetishishini tasavvur ham qilmagan edi. Birinchi to’y olib borishi el nazariga tushgan shekilli, keyin uyga eshik taqillatib keladigan bo’lib qolishgan. Bir-ikkitasiga rad javobini berishiga qaramay to’ylarga taklif qilaverishdi.. Bir tarafdan rassomchilik uchun bo’yoq va boshqa anjomlariga pul kerak, to’ydan esa aynan mana shu sarf-xarajatni qoplaydigan pul tushib turibdi, kimga ham yoqmaydi, deysiz. Pulga to’yga chaqirgandan keyin, o’sha olayotgan pulini oqlash kerak, buni tushungan bo’lajak san’atkorimiz o’z ustida ishlay boshladi. Mirzabek Xolmedov u paytda eng zo’r qiziqchi edi. Palon to’yga Mirza kelibdi, - desa, yarim Toshkent ko’chib borardi. Hatto, Mirzani vaqtiga qarab to’ylar belgilanardi. Rassomchilikni bitirayotgan paytida Obid Asomov ismini ham butun Toshkent bilib boshladi. Shu orada rejissor Hamid Qahramonov “Shunchaki hazil” nomli ko’rsatuv chiqardi. 
1983 yili mana shu ko’rsatuvga taklif qilishdi va birinchi marta TVda Obid Asomov paydo bo’ldi. Institutni a’lo baholar bilan bitiganligi uchun Rossiya poytaxti Moskvadagi Surikov institutiga rassomchilik bo’yicha tahsil olishga yo’llanma berishgan. Obid Moskvaga borib reja tuzadi, “agar Surikov institutiga o’qishga kira olsam, demak Moskvada yashayman, qiziqchilik yig’ishtiriladi, faqat rassomchilik bilan shug’ullanaman. Agar kirolmasam rassomchilik ikkinchi o’ringa o’tib, qiziqchilik birinchi o’ringa chiqadi”. Imtihonlardan so’ng, o’qishga kira olmaganligi ma’lum bo’ladi. Birgina yo’nalish bo’yicha ikki baho olganligi uchun imtihonlardan o’ta olmaydi. Agarda hamma bahosi 3 bo’lgan taqdirda ham o’qishga qabul qilinar edi. Chunki 16ta Respublikaga bittadan joy berilgan. O’zbekiston nomidan esa aynan Obid Asomov borgan. Institut rektori Bandarenko Asomov chizgan rasmlarimni ko’rib, imtihonlardan oldin oldiga chaqirtirib, “Restovratsiya” fakultetiga kirishini tavsiya etganda, abiturient Asomovning g’ururi yo’l qo’ymay, “Jivopis”ga hujjat topshiradi. Imtihonlar yakuni esa sizga ma’lum. Toshkentga qaytib kelgach, qarasaki hamma tanish-bilishlari o’qivotti, hatto ba’zilari Rossiyaga borib o’qishga kira olmaganligidan kulishgan ham. Mana shu ustidan kulganlar uyalib qolsin, deb keyingi yili Rassomchilikka o’qishga kiradi. 
1984 yilda o’qishga kirgan talaba Asomov institutni 5 yil(aslida o’qish 6 yil bo’lgan) o’qib qoldirib ketishga majbur bo’ladi. Chunki, 5 - kursda tahsil olayotgan Obid har kuni TVga chiqar edi, to’ylarga borar edi. Institut dekaniga esa bu hol yoqmas edi. Yoki qiziqchilik, yoki o’qishni tanlashiga to’g’ri kelgan. Shunda Obid Asomov hech ikkilanmay ariza yozib, o’qishni yig’ishtiradi. 1989 yilda taniqli kinorejissor Latif Fayziev kinosinovga chaqiradi va Obid Asomov kinodagi o’z ishini Hindiston bilan birgalikda suratga olinayotgan “Ovchi” filmidan boshlaydi. Ilk filmning o’zi anchagina omadli keladi. Ya’ni,. ikkinchi rejissor Umesh Mehra bo’lgan “Ovchi” filmida o’sha paytning super yulduzi Mitxun Chakroborti bilan birgalikda filmda rol ijro etadi. Mana shu filmdan so’ng turli filmlarga takliflar ko’paya boshladi. Oradan ko’p muddat o’tmay Mirzabek Holmedov, To’xtamurod Azizov, Botir Muhammadxo’jaev, Sobit Asomov va Obid Asomov 5 kishi bir bo’lib, “Ko’zgu” nomli teatr tashkil etishadi. “Ko’zgu” teatri qisqa fursat ichida tan olinib, xalq ko’nglidan joy oladi. Hatto, Xalqlar Do’stligi saroyida o’sha paytning “rekord ko’rsatkichi” - 14 kunlab ikki mahaldan konsert ham beriladi. Bu orada Obid Asomov hozirgi “O’zbeknavo”, o’sha paytdagi “O’zbekestradasi”da ham faoliyat yuritadi. 1993 yilda Obid Asomovning orzularidan biri ushaladi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, “Obid-A” teatrini tashkil qiladi. Hozirda Obid Asomov 4ta shirindan-shakar farzandlarning otasi. 3ta qiz va bitta o’g’il. Dilorom, Nargiza, Odilxon hamda Nozima. 
Категория: ШОУ - БИЗНЕС ОЛАМИ | Просмотров: 1241 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: